Hayvonot bog‘idan chiqqan ayiqlar do‘kondagi asalni yeb qo‘ydi
Buyuk Britaniyaning Kent grafligi “Wildwood Devon” nomli hayvonot bog‘ini tark etgan ikki ayiq yaqin atrofda joylashgan do‘kondagi asalni yeb bitirgan.
Maymoq jonivorlar qo‘radan qochib, to‘g‘ri oziq-ovqat do‘koniga yo‘l olgan. Ikki va besh yoshli Mish va Lyusi jamoatchilikka hech qanday xavf tug‘dirmagan holda, mayda tadbirkorning bir haftalik asal zaxirasini paqqos tushirgan. Xayriyat-ki, tajribali qo‘riqchilar bir soatda hayvonlarni boqqa qaytargan.
Ayiqlar uyiga qaytgach, uxlab qolishgan.