Tinch okeani uzra avtomobil va elektr transport vositalarini olib ketayotgan “Morning Midas” kemasida yong‘in chiqqan edi. Hodisadan bir necha hafta o‘tib, kema cho‘kib ketdi. Bu haqda Amerikaning “The Wall Street Journal” gazetasi yozgan.
“Zodiac Maritime” xalqaro kema boshqaruvi kompaniyasi ma’lumotiga ko‘ra, “Morning Midas” sahnida 3000 dona mashina, jumladan 800 ga yaqin elektromobil bor edi.
Nashr ta’kidlashicha, elektromobil ishlab chiqarishda ko‘p qo‘llanadigan litiyli batareya tez yonuvchan bo‘lsa-da, fojia yuk bilan bog‘liqligi ehtimoli kam.
Kema kuzatuvi portali yozishicha, asosan avtomashina tashiydigan, 26 may kuni Liberiya bayrog‘i ostida Xitoyning Shandun viloyati Yantay shahrida suvga tushgan “Morning Midas” 15 iyunda Meksikaning Lazaro Kardenas shahriga yetib borishi kutilgandi. AQSH sohil xavfsizligi xizmati yong‘in 3 iyun kuni, kema Adak orolidan 555 kilometr uzoqlashganda boshlangan.