Kolumbiyaning Medelin shahri Bello va Altos-de-Orente hududida kuchli yomg‘irdan keyin sodir bo‘lgan ko‘chki oqibatida bir necha uy ustiga ulkan tuproq uyumi qulagan.
Natijada 8 kishi halok bo‘ldi, 5 kishi kasalxonaga yotqizildi.
Tabiiy ofat hududiga ko‘plab qidiruv-qutqaruv va o‘t o‘chirish guruhlari yetib borgan. Ehtimoliy xavf-xatarga qarshi chora sifatida o‘n xonadon evakuatsiya qilindi.
Medelin meri Federiko Guterres fojiadan so‘ng darhol muhtojlarga ko‘mak berila boshlanganini aytdi.
Kolumbiyada mart oyidan beri davom etayotgan kuchli yomg‘ir aksar hududlarga moddiy zarar yetkazyapti.