Bugun, 2025 yil 25 iyun kuni Toshkent shahrida Oliy Majlis Senatining sakkizinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi.

Unda Senat va Hukumat a’zolari, vazirlik va idoralar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda. 

Senat Raisi Tanzila Norboyeva boshqarayotgan majlis  videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda o‘tkazilmoqda.

Yalpi majlis kun tartibiga jamiyat, siyosat, iqtisodiyot, qonunchilik, xalqaro hamkorlik va inson huquqlari sohalariga oid bir qator muhim qonunlar hamda parlament nazorati doirasidagi masalalar kiritilgan.

Jumladan, amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi, hududlarda ishlarning borishi, aholini o‘ylantirayotgan masalalarga yechim topish yuzasidan Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlardan kelib chiqib, Senat hamda xalq deputatlari mahalliy kengashlari oldida turgan birinchi darajali vazifalar muhokama qilinadi.

Bundan tashqari, parlamentda siyosiy xilma-xillikni ta’minlash, ochiqlik va munozara muhitini rivojlantirish maqsadida muxolifatning kafolatlangan huquqlarini kengaytirishga qaratilgan qonun ko‘rib chiqiladi.

Senatorlar tomonidan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda kafolat mablag‘larini joriy etish yuzasidan qonunga taklif etilayotgan o‘zgartirishlar ham muhokama etiladi.

Majlisda iqtisodiy, agrar, ekologik va investitsiya sohalariga oid ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunlar ko‘rib chiqiladi.

Xalqaro hamkorlikka oid masalalar doirasida Turkiy davlatlar tashkilotining Fuqaro muhofazasi mexanizmini tashkil etish to‘g‘risidagi Bitimni ratifikatsiya qilish, shuningdek, Yadroviy zarar uchun fuqarolik javobgarligi to‘g‘risidagi Vena konvensiyasiga O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi to‘g‘risidagi qonunlar qabul qilinishi kutilmoqda. 

Senatorlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2024 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti eshitiladi.

Yalpi majlisda investitsiya muhitini yaxshilash, mehnat qonunchiligiga rioya etilishini ta’minlash hamda voyaga yetmagan bolalarning ta’minoti uchun aliment undirish va to‘lash tizimini takomillashtirish yuzasidan tegishli vazirlik va idoralarga parlament so‘rovlari yuborish masalalari ham ko‘rib chiqiladi.

Yalpi majlisda ko‘rib chiqiladigan barcha masalalar haqida batafsil yoritib boramiz. Bizni kuzatib boring! 

                                               Norgul Abduraimova,

                                               Nosirjon Haydarov (surat),

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senatning sakkizinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi