Xitoyning Pekin shahrida para pauerlifting bo‘yicha 3 ta yosh toifasida o‘tkazilgan jahon kubogi musobaqasi o‘z nihoyasiga yetdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari yakkalik va jamoaviy bellashuvlarda muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Musobaqaning yakkalik bahslari bo‘yicha o‘tgan so‘nggi bellashuvlarda Ruxshonaxon O‘ktamova yoshlar o‘rtasida oltin medalga ega chiqqan bo‘lsa, o‘smirlar orasida Azizbek Yahyoyev va Oyshajon Rajabboyeva ikkitadan oltin medalga sazovor bo‘ldi. Shu tariqa, terma jamoamiz 15 ta oltin, 5 ta kumush, 4 ta bronza, jami 24 ta medalni qo‘lga kiritdi va yakkalik bahslarini medal jamg‘arish bo‘yicha ikkinchi o‘rinda yakunladi.  

Shuningdek, jahon kubogining so‘nggi kunida o‘tgan ayollar o‘rtasidagi jamoaviy dasturda Aqidaxon Axtamova, Mohichehra Fozilova va Ruxshona O‘ktamovadan iborat terma jamoamiz oltin medalga ega chiqdi. Ushbu yo‘nalishning kumush va bronza medallari Janubiy Koreya hamda Kuba termasiga nasib etdi.  

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Para pauerliftingchilarimiz jahon kubogida 25 ta medalga ega chiqdi