Vetnamning Vungtau shahrida erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo‘yicha U17 yosh toifasida Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda. Mazkur musobaqaning navbatdagi kunida ayollar kurashi bo‘yicha bellashuvlar start oldi.

Quvonarlisi, ushbu bahslarda vazni 40 kilogrammgacha bo‘lgan hamyurtimiz Shohista Nazarova so‘nggi hal qiluvchi final bellashuvida hindistonlik Cheshtani mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, -46 kg. vazn toifasida finalga qadar muvaffaqiyatga erishgan Mashhura Abdumusayeva terma jamoamiz hisobiga navbatdagi kumush medalni taqdim etdi.

Bugun, 25 iyun kuni ayollar va erkin kurash bo‘yicha bir necha vazn toifasida o‘tishi kutilayotgan bellashuvlarda povlonlarimiz medallar uchun gilamga chiqadilar.

Ma’lumot o‘rnida: Osiyo chempionatining yunon-rum kurashi bo‘yicha yakuniga yetgan bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 1 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medaliga ega chiqdi va umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Medal jamg‘arishda Qozog‘iston va Qirg‘iziston termalari 2-3 o‘rindan joy oldi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ayollar kurashida Shohista Nazarova Osiyoda tengsiz bo‘ldi