Sovuq urishi — sovuq harorat ta’siri ostida organizmda yuzaga keladigan reaksiya bo‘lib, ko‘pincha teri va qon aylanish tizimida salbiy o‘zgarishlarga olib keladi.
Bu holat teri qizarishi, shishishi, sovuqdan aziyat chekish va hatto jiddiy asoratlar bilan kechishi mumkin. Ya’ni o‘z vaqtida shifokorga murojaat qilinmasa, gangrenaga ham sabab bo‘ladi. Tananing gipotermiyasida sovuq harorat odamning butun tana yuzasiga ta’sir qiladi va harorat 35 dan pastga tushadi. Gipotermiya va muzlash esa o‘xshash tushunchalardir, ammo ba’zi farqlar bilan. Bundan kelib chiqadiki, sovuq muhitda bo‘lganligi sababli gipotermiyadan tashqari, sun’iy ravishda kelib chiqadigan umumiy va mahalliy xarakterdagi tibbiy gipotermiya ham mavjud.
Milliy tibbiyot markazi, rekonstruktiv plastik, estetik va metobolik jarrohligi bo‘limi mudiri — Elyor Rizayev bu yuzasidan ma’lumot berdi.
Batafsil “Salomat bo‘ling” dasturida tomosha qilishingiz mumkin.
<iframe width="791" height="445" src="https://www.youtube.com/embed/caBRxD6NnAY" title="Tanani sovuq urishi og`ir asoratlarga olib keladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Eshmirzayeva, D.Yakubov, U.To‘xtayev (video), O‘zA