Xitoydan xabarlar

Xitoyda bugungi kunda “aqlli” issiqxonalar barpo  etish avjida. Shinjonning Chanszi shahrida eng ilg‘or texnologiyalar qo‘llanilgan “aqlli” issiqxona bor. U asosan diametri  25 – 100 mm bo‘lgan plastik quvurlardan iborat. Ular ekilgan o‘simlik navi, turiga qarab teshib qo‘yilgan va o‘sha joyga urug‘ tashlanadi yoki yosh nihol ekiladi. Quvur ichi biogomusga to‘latilgan. Sug‘orish, o‘g‘itlash yagona sig‘imdagi eritmani quvurlarga yuborish orqali amalga oshiriladi. Quvurlar esa 8– 12 qavatgacha bo‘lib, eni va uzunligi uchun maydon kerak, xolos. Yoki bir sotix maydonda 8-10 ming tupgacha turli osh ko‘ki ekilishi mumkin. Hosil esa har 20 kunda yig‘ib olinadi.  

–Hammasi bir muhandisning sinov loyihasidan boshlangan, – deydi ish yurituvchi Yan Szin. –Keyin unga bitta maydon ajratildi. Samarasini ko‘rgach, hozir 122 ming kvadrat metr joyda “aqlli” issiqxona ishlab turibdi.  

Tajriba mamlakat bo‘ylab tarqalib, 450 ta shu kabi “aqlli” issiqxonalar faoliyat ko‘rsatyapti.

Shuni aytish kerakki, hamma ish kompyuterda boshqariladi. Qolaversa, sabzavot pishish vaqti uchdan birga qisqardi. Xarajat tejalishi natijasida daromad yil sayin ortib bormoqda.  

–Bizning tavsiya bilan juda oz joy egallaydigan modullarni hozir xonadon oshxonasiga o‘rnatishyapti, - deydi Yan Szin. – Natijada qishin - yozin o‘zingiz yetishtirgan osh ko‘klarini iste’mol qilaverasiz.

Muhammadjon Obidov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Aqlli” issiqxona