Bugungi kunda O‘zbekiston milliy metrologiya institutida qator laboratoriyalar faoliyat olib bormoqda. Ulardan biri vaqt va chastota laboratoriyasidir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 apreldagi va 2018 yil 12 dekabrdagi qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi qoshidagi O‘zbekiston milliy metrologiya institutida vaqt va chastota etaloni yaratilgan.   

Xo‘sh, ushbu laboratoriya faoliyati nimalardan iborat? O‘zbekistonda aniq vaqt signali qanday shakllantiriladi?   

– Ushbu laboratoriyada bugungi kunda respublikamizdagi eng aniq vaqt signallari shakllantiriladi, – deydi O‘zbekiston milliy metrologiya institutining Radiotexnik kattaliklar, ionlashtiruvchi nurlanishlarni o‘lchash va putur yetkazmasdan tekshirish bo‘limi boshlig‘i Sheroz Ismatullayev. — Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasining aniq vaqt shkalasi O‘zbekiston milliy metrologiya institutida faoliyat yurituvchi vaqt va chastota laboratoriyasi tomonidan hosil qilinadi. 

Yurtimizdagi sanoat tarmoqlariga aniq vaqt signallarini uzatib berish uchun Turkiya milliy metrologiya instituti bilan hamkorlikda vaqt va chastota etalonini ishga tushirganmiz. Ushbu etalon bir vaqtning o‘zida aniq vaqt shkalasi bo‘yicha vaqt signallarini hosil qiladi.   

Undan tashqari respublikamizda mavjud bo‘lgan telekommunikatsiya, axborot xavfsizligi, mudofaa va bank operatsiyalari sohasida foydalaniladigan o‘lchash vositalarining neytral kesishuvidan o‘tkazishda foydalaniladi. 

Ushbu laboratoriya mamlakatimiz uchun yangi hisoblanadi. Ya’ni 2024 yilga qadar O‘zbekistonda milliy vaqt shkalasi mavjud bo‘lmagan.   

Suhbatning to‘liq qismini O‘zAning YouTube kanalida ko‘rishingiz mumkin. 

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/82UWgIDiT1g" title="Soniyalar o‘lchanadigan joy: vaqt va chastota sirlari" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

N.Rahmonova,

D.Yoqubov (video), A.Ahmedov (montaj), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Soniyalar o‘lchanadigan joy: vaqt va chastota sirlari (+video)