Xitoy olimlari razvedka va maxfiy harbiy missiyalar uchun chivin o‘lchamidagi mini-dron ishlab chiqishdi.

Bu haqda South China Morning Post nashri xabar berdi. Mazkur innovatsion qurilma Xunan provinsiyasida joylashgan Milliy mudofaa texnologiyalari universitetining (NUDT) robototexnika laboratoriyasi tomonidan yaratilgan.

Mini-dron axborot to‘plash, jangovar maydonda maxsus topshiriqlarni bajara olish va yashirin kuzatuv uchun mo‘ljallangan. Qurilma soch tolasidek ingichka uchta oyoqqa ega bo‘lib, ular yordamida har qanday sathga qo‘na oladi. Kichik o‘lchami va deyarli sezilmas parvozi sababli, bu dronlar josuslik, shahar ichidagi janglar, qidiruv-qutqaruv ishlari yoki elektron kuzatuvda katta ahamiyat kasb etishi mumkin.

Qurilma mobil telefon orqali masofadan boshqarilishi mumkin bo‘ladi. Hozircha bu dronning aniq texnik tavsiflari e’lon qilinmagan bo‘lsa-da, dastlabki baholashlarga ko‘ra, u manyovrchanlik va maxfiylik bo‘yicha dunyodagi eng kichik seriyali harbiy dron — Norvegiyaning PD-100 Black Hornet modelidan ustun bo‘lishi mumkin.

Ma’lumot uchun, PD-100 Black Hornet droni 100 millimetr uzunlikka, 18 gramm og‘irlikka ega bo‘lib, 5 m/s tezlikda uchish, 1 kilometrgacha bo‘lgan masofada ishlash va havoda 25 daqiqagacha turish qobiliyatiga ega.

Xitoyning yangi ishlanmasi bu sohadagi raqobatni yanada kuchaytirishi kutilmoqda. Harbiy texnologiyalar sohasida bunday yondashuvlar yaqin kelajakda razvedka va jangovar amaliyotlarda inqilobiy o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi mumkin.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/VKcHjzpkZQU" title="Xitoyda olimlar  chivin o‘lchamidagi mini-dron ishlab chiqishdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Madinabonu Nasriyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoyda olimlar chivin o‘lchamidagi mini-dron ishlab chiqishdi