12 kunlik Isroil-Eron urushi yakun topdi(mi?)
Bugun ertalab Isroil hukumati Eron bilan o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lganini e’lon qildi. Islom Respublikasi davlat ommaviy axborot vositalari ham otashkesimni tasdiqladi. AQSH Prezidenti Donald Tramp ushbu kelishuv tongi 7:00 da kuchga kirganini tasdiqladi. Afsuski, bugunning o‘zida Eronda to‘qqiz, Isroilda esa to‘rt kishi halok bo‘ldi.
Amerika rahbarining “to‘liq o‘t ochishni to‘xtatish” haqidagi bayonoti Eron yadroviy ob’ektlariga berilgan zarbaga javoban Tehron Qatardagi AQSH harbiy bazasiga cheklangan raketa hujumidan so‘ng yangragan edi.
Musulmon Ziyo, O‘zA