Munosabat

Hozirgi globallashuv sharoitida mamlakatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik va iqtisodiy integratsiya jarayonlari xalqaro munosabatlar tizimining asosiy omillaridan biriga aylandi. 

Markaziy Osiyo mintaqasida joylashgan O‘zbekiston va Shimoliy-Sharqiy Osiyoda mavqeyi mustahkam bo‘lgan Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari ana shu jarayonning yaqqol misolidir. 

Tarixiy jihatdan qaralganda, O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi aloqalar juda qadimiy ildizlarga ega. Buyuk Ipak yo‘lining oltin davrida bu ikki hudud o‘rtasida savdo-iqtisodiy va madaniy almashinuv faol olib borilgan. 1991 yil O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, XX asr oxiri va XXI asr boshlarida ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar mutlaqo yangi bosqichga kirdi.

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar va Yangi O‘zbekiston strategiyasi doirasida tashqi siyosat yo‘nalishlarining diversifikatsiya qilinishi, Mo‘g‘ulistonning esa iqtisodiy rivojlanish sari olib borayotgan izchil siyosati ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga kuchli turtki bo‘ldi. Geografik jihatdan uzoqda joylashganiga qaramay, ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy, madaniy va siyosiy aloqalar sohasi keng.

O‘zbekistonning mineral resurslari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va sanoat salohiyati Mo‘g‘ulistonning tog‘-kon sanoati, chorvachilik va turizm potensiali bilan o‘zaro to‘ldiruvchi xususiyatga ega. Bu esa ikki mamlakat o‘rtasida uzoq muddatli va barqaror hamkorlik aloqalarini rivojlantirish uchun mustahkam poydevor yaratmoqda.

2016-2025 yillar oralig‘ida O‘zbekiston – Mo‘g‘uliston munosabatlari ancha faollashdi va yangi mazmun kasb etdi. Bu davr ichida yuqori darajadagi o‘zaro tashriflar, ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi, savdo-iqtisodiy aloqalarning kuchayishi va madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikning faollashishi kuzatildi. Ayniqsa, “Bir belbog‘, bir yo‘l” tashabbusi doirasidagi loyihalar va mintaqaviy integratsiya jarayonlari Mo‘g‘uliston va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik qator yo‘nalishda yanada aks etuvchan va samarali bo‘lyapti.

Siyosiy hamkorlik

2024 yil iyun oyida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux davlat tashrifi bilan yurtimizga keldi. Bu tashrif ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarning 1992 yildan buyon ilk oliy darajadagi uchrashuvi bo‘lib, tomonlar 14 dan ortiq qo‘shma hujjatlarni imzoladi. Shuningdek, Toshkentda Mo‘g‘uliston elchixonasi ochildi, uchrashuvlar chog‘ida ikki mamlakat rahbarlari elchixona ochilishi ikki mamlakat hamkorligini yanada mustahkamlash uchun muhim ekanligini e’tirof etdi.

Ikki mamlakat parlamentlari hamkorligini mustahkamlash maqsadida maxsus guruhlar tuzilgan va tashqi ishlar vazirliklari darajasida ham muntazam siyosiy maslahatlashuvlar olib borilmoqda. 

Iqtisodiy aloqalar

Mo‘g‘uliston O‘zbekistonga istiqbolli iqtisodiy hamkor sifatida qaraydi. Ikki tomon o‘zaro savdoni rivojlantirish maqsadida 2023 yil mart oyida O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiya tuzish to‘g‘risida bitim imzoladi va 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturi qabul qilindi.

Keyingi 5 yil ichida tashqi savdo hajmi 2019 yildagi 1,9 million dollardan 2023 yilda 13,8 million dollargacha, ya’ni 7 baravar oshdi. Mo‘g‘uliston qayta ishlangan qo‘y va qo‘zi terilari, qo‘y va echki mahsulotlari eksport qilgan. O‘zbekistondan uzum, mevalar, oziq-ovqat mahsulotlari, sovutgich va muzlatgich kabi elektr jihozlari va yuk mashinalarini import qildi.

2024 yilda Prezident Uxnaagiyn Xurelsuxning O‘zbekistonga davlat tashrifi davomida Mo‘g‘ulistondan O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari bozoriga mamlakatimiz orqali jun, kashmir, teri, go‘sht va go‘sht mahsulotlarini yetkazib berish, shuningdek, O‘zbekistondan Mo‘g‘ulistonga meva-rezavor va sabzavot mahsulotlari importini yanada oshirish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Transport va logistika sohasidagi o‘zaro hamkorlik kelishuv – avtomobil transporti va havo aloqalari bo‘yicha davlatlararo kelishuvlar ikki tomon orasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni ochish, yuk va yo‘lovchi tashishni kengaytirish imkonini beryapti.

Tashrif yakunlari bo‘yicha Mo‘g‘uliston oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi va yengil sanoat vaziri O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan Oziq-ovqat xavfsizligi va barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha yuqori darajadagi xalqaro forumda ishtirok etish chog‘ida Mo‘g‘ulistondan O‘zbekistonga 100 ming tirik hayvonni eksport qilish to‘g‘risidagi Bitimni tasdiqlagan.

Bundan tashqari, Mo‘g‘uliston Qishloq xo‘jaligi va yengil sanoat vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi o‘rtasida veterinariya sohasidagi keng qamrovli hamkorlik to‘g‘risida alohida protokol imzolandi.

Madaniy-gumanitar aloqalar

Madaniyat va ta’lim sohalarida ham hamkorlik kengaymoqda. Yoshlar almashinuvi va oliy ta’lim dasturlari doirasida bir qancha qadamlar tashlandi. Masalan, ko‘plab mo‘g‘ulistonlik talabalar O‘zbekiston oliygohlarida tahsil olmoqda va tomonlar o‘zaro ta’lim grantlari asosida talabalar yuborishni kengaytirishni ko‘zda tutmoqda.

2024 yil yanvar oyida Mo‘g‘uliston hukumati mamlakatning sayyohlik va sarmoyaviy imkoniyatlarini targ‘ib qilishga qaratilgan Go Mongolia milliy brendi kampaniyasini ishga tushirdi.

Turizm sohasida ham aloqa mustahkamlanmoqda, ikki davlat turizm qo‘mitalari orasida hamkorlik bitimi tuzildi va ikki davlat fuqarolari uchun viza majburiyati olib tashlandi, bu esa o‘z navbatida sayyohlik imkoniyatlarini birgalikda rivojlantirish imkonini beradi.

Shuningdek, qo‘shma madaniy tadbirlar ham kengaymoqda. Misol uchun, ikki davlat rahbarlarining tashabbusi bilan “Mo‘g‘uliston – O‘zbekiston madaniyat kunlari” va boshqa tadbirlarni tashkil etish orqali ikki mamlakat madaniy merosini targ‘ib qilishda hamkorlik amalga oshirilmoqda.

Ommaviy axborot vositalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish maqsadida Mo‘g‘uliston milliy axborot agentligi (MONTSAME) va O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (O‘zA) hamkorlik to‘g‘risida hujjat imzoladi.

Mahalliy hokimiyat organlari darajasida ham aloqalar yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, ikki davlatning poytaxtlari – Toshkent va Ulan-Bator shaharlari rahbariyatlari o‘rtasida keng qamrovli hamkorlik doirasida muhim hujjat imzolandi. 

O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston birgalikda mintaqaviy integratsiya jarayonlarida ham hamkorlikni mustahkamlashga intilmoqda. Iqlim o‘zgarishi va cho‘llanishga qarshi kurashish hamda atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha global sa’y-harakatlarga ko‘maklashish maqsadida tomonlar Mo‘g‘ulistonning “Bir milliard daraxt” milliy kampaniyasi va O‘zbekistonning “Yashil makon” loyihasini maqbullashtirish orqali o‘rmon xo‘jaligi sohasida hamkorlik qilishga kelishib oldi.

Bugungi kunda ikki tomonlama hamkorlik o‘zaro manfaatlilik va istiqbolli sherikchilik asosida shakllanmoqda. Ikki qardosh xalq o‘rtasidagi tarixiy aloqalar buyuk Ipak yo‘li an’analariga tayangan holda zamonaviy geosiyosiy va iqtisodiy munosabatlar, madaniy aloqalar kelajakda sherikchilikning yanada mustahkamlanishiga zamin yaratmoqda.

Shuhrat HOJIMURODOV,

Barqaror rivojlanish markazi eksperti

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Mo‘g‘ulistonning hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanmoqda