“Bernama” xabariga ko‘ra, asosan o‘rta masofaga uchadigan, narxi arzon “AirAsia X” Malayziya aviakompaniyasi yuqori salohiyatli bozor talabidan kelib chiqib, parvoz tarmog‘ini kengaytirish jarayonida tijoriy aviakompaniyalar tomonidan nisbatan kam o‘rganilgan Markaziy Osiyoni asosiy yo‘nalishga aylantirmoqchi.

Korxona Bosh direktori Binyamin Ismoil ta’kidlashicha, kompaniya oktyabr oyidan boshlab yana bir yangi yo‘nalish – Toshkentga reys yo‘lga qo‘yish niyatida. Ta’kidlanishicha, Markaziy Osiyo nafaqat kamxarj bozor hisoblanadi, balki Malayziya uchun qiziqarli tarixiy va islomiy madaniy qadriyatlarni ham taklif qila oladi. Shu ma’noda Kuala-Lumpur – Toshkent yo‘nalishi strategik ahamiyatga ega.

Mamlakatimizning Malayziyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Karomidin Gadoyev havo transporti sohasidagi mazkur yangilik O‘zbekiston – Malayziya munosabati rivojida muhim voqea ekanini ta’kidladi:

– Keyingi yillarda respublikamiz turizmi jadal rivojlanyapti, Malayziya esa Janubi-sharqiy Osiyo turizm va biznes markazi sifatida namoyon bo‘lyapti. Demak, ushbu yo‘nalish mavjud aloqalarni yanada mustahkamlaydi, sayyohlik almashinuvini kuchaytiradi va sarmoya kiritish uchun yangi imkoniyat yaratadi.

Muharrama Pirmatova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kuala-Lumpur – Toshkent yo‘nalishi ochiladi