BMT shartnomaviy organlariga muqobil hisobotlar tayyorlashning o‘ziga yarasha talablari bor. Tegishli soha vakillari bu talablarni yaxshi bilishi maqsadga muvofiq.

Shu maqsadda Toshkentda tashkil etilgan seminar-treningda inson huquqlari sohasida faoliyat yurituvchi davlat tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirok etdi. 

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) hamda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YeXHT) O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori hamkorligida tashkil etilgan tadbirning asosiy maqsadi – BMTning inson huquqlari bo‘yicha shartnomaviy organlari tizimida milliy institutlar va fuqarolik jamiyatining ishtirokini kuchaytirishdir. Shu bilan birga, davlat hisobdorligini oshirish va inson huquqlari sohasidagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida muqobil hisobotlarni samarali tayyorlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlashdan iborat.

[gallery-24005]

Tadbirning ochilishida Ombudsman Feruza Eshmatova va YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori Antti Karttunen ishtirok etdi.

BMT Qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha quyi qo‘mitasi a’zosi va xalqaro ekspert Elina Steynerte (Buyuk Britaniya), inson huquqlari sohasidagi xalqaro mutaxassis Azamat Shambulov (Ispaniya) ishtirokchilarga interaktiv usulda nazariy va amaliy tavsiyalarni bermoqda. 

2024 yilda qabul qilingan yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq, Ombudsmanga O‘zbekiston Respublikasining inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarining bajarilishi yuzasidan muqobil ma’ruza tayyorlash va tegishli xalqaro tashkilotlarga taqdim etish huquqi berilgan. Ushbu ma’ruzalar fuqarolik jamiyati institutlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan hamkorlikda ishlab chiqiladi.

Trening dasturi doirasida BMTning CAT va CERD kabi shartnomaviy organlari bilan samarali hamkorlik qilish, mavjud xalqaro tavsiyalarni tahlil qilish va dalillarga asoslangan muqobil hisobot tayyorlash usullari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Seminar 2025 yil 25 iyunga qadar davom etadi. 

N.Abduraimova, A.Mamadaminov (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BMT shartnomaviy organlariga muqobil hisobotlar qanday tayyorlanadi?