Samarqandda o‘tkazilayotgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining “2030 yilgacha besh yil: Barqaror kelajak uchun davlat xizmatlarini ko‘rsatishni jadallashtirish” mavzuidagi Davlat xizmati forumi (UNPSF 2025)da bir qaton nufuzli delegatsiyalar qatorida Malayziya Bosh vaziri o‘rinbosari, energetika va suv transformatsiyasi vaziri Fadillah Yusuf ham ishtirok etdi.

Bosh vazir o‘rinbosari forumning ochilish marosimida so‘zga chiqib, Malayziyada davlat xizmatini rivojlantirishda raqamli texnologiyalardan keng foydalanilayotganini ta’kidladi.

– Har uch yilda 25 foiz eski qonunlardan voz kechamiz, ularni bugungi kun talablariga mos tarzda qabul qilamiz, – dedi Fadillah Yusuf. – Hozir 5000 dan ortiq davlat xizmati raqamlashgan. Raqamli transformatsiya jarayonlari jadal davom etmoqda. Bu jarayonda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan ham samarali foydalanyapmiz. 

Malayziyalik mulozim Samarqandga tashrifi davomida shahardagi muqaddas qadamjolarni ziyorat qildi, shahar tarixi va buguniga oid qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldi.

“Samarqandda mahalliy rahbarlar bilan kechgan samimiy muloqotlar, do‘stona uchrashuvlar O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasidagi teng manfaatli diplomatik munosabatlar natijasidir. Ushbu tashrifim nafaqat ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlaydi, balki barqaror va inklyuziv kelajak uchun fikr, tajriba almashish va strategik hamkorlik uchun maydon ochadi”, deb yozdi Fadillah Yusuf ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fadillah Yusuf: O‘zbekistonga tashrif tajriba almashish va strategik hamkorlik uchun qulay imkoniyat