-

BMTTD O‘zbekiston tomonidan “Tanlov masalasi: Odamlar va sun’iy intellekt davridagi imkoniyatlar” mavzusidagi 2025 yilgi Inson Taraqqiyoti (IT) hisoboti Samarqandda o‘tkazilgan BMT Davlat Xizmatlari Global Forumi doirasida rasmiy ravishda taqdim etildi. Hisobotning milliy taqdimoti doirasida yuqori darajadagi hukumat vakillari, xalqaro hamkorlar, ilmiy-akademik muassasalar, fuqarolik jamiyati, yoshlar va xalqaro hamjamiyat vakillari ishtirok etib, global tahlillar hamda ularning O‘zbekiston rivojlanishiga ta’siri yuzasidan fikr almashdilar.

Jahon miqyosida may oyida e’lon qilingan hisobot so‘nggi 35 yil ichida inson taraqqiyotining keskin sekinlashganini ta’kidlaydi. Hisobotda aytilishicha, davom etayotgan tengsizliklar va zaif rivojlanishayniqsa past IT ko‘rsatkichiga ega mamlakatlarda taraqqiyotga jiddiy tahdid solmoqda. Shu bilan birga, hisobotda sun’iy intellekt (SI) borasidagi samarali siyosat va inson markazidagi yondashuv orqali taraqqiyotni yangilanish yo‘liga solishi mumkinligi qayd etilgan.

Global kontekstda O‘zbekiston so‘nggi yillarda salmoqli yutuqlarga erishgan. 2023 yil holatiga ko‘ra,O‘zbekistonning IT ko‘rsatkichi 0.740 ni tashkil etdi va bu bilan mamlakat yuqori inson taraqqiyoti darajasiga ega davlatlar qatoridan joy oldi — 193 ta mamlakat va hududlar orasida 107-o‘rinni egalladi. 2000 yildan buyon IT ko‘rsatkichi 22.7 foizga oshgan. Shu davrda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi deyarli 7 yilga, ta’lim ko‘rsatkichlari esa sezilarli darajada oshgan. Har bir kishiga to‘g‘ri keladigan yalpi milliy daromad (YMDD) esa 25 foizdan ko‘proqqa ko‘tarilgan.

O‘zbekistonda raqamli transformatsiya milliy islohotlar poydevoriga aylangan bir paytda, hisobotda keltirilgan asosiy xulosalar mamlakat uchun ayni muddao bo‘lib xizmat qilmoqda.

“O‘zbekiston uchun bunday davrda tanlov alohida ahamiyatga ega,” dedi BMTTD O‘zbekistondagi Doimiy vakili Akiko Fujii. “Mamlakat raqamli transformatsiya yo‘lida katta qadamlar tashlamoqda. Bu jarayonda ishonchli ma’lumotlar boshqaruvi va inklyuziv raqamli innovatsiyalar asosiy rol o‘ynaydi.

Hisobotda SI va ma’lumotlardan davlat xizmatlarini tezkor, aqlli va fuqarolar ehtiyojlariga moslashtirish yo‘llari borasida dolzarb tavsiyalar berilgan.”

Hisobot sun’iy intellektni inklyuziv va barqaror taraqqiyotga xizmat qildirish uchun quyidagi uchtaustuvor yo‘nalishni belgilaydi:

• Odamlar sun’iy intellekt bilan raqobat qilmasdan, birga ishlaydigan iqtisodiyotni shakllantirish

• Sun’iy intellektning barcha bosqichlarida inson omilini inobatga olish

• Ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimlarini XXI asr talablariga moslashtirish

Hisobotda o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, insonlarning 60 foizi sun’iy intellekt yangi ish o‘rinlarini yaratishiga ishonadi, o‘rta va yuqori IT ko‘rsatkichiga ega mamlakatlar, shu qatorda O‘zbekiston aholisi, SI mehnat unumdorligini oshirishi va davlat xizmatlarini yaxshilashiga ishonmoqda.

Samarqanddagi taqdimot O‘zbekistonning raqamli texnologiyalar orqali inson taraqqiyoti va inklyuzivboshqaruvni ilgari surish borasidagi mintaqaviy yetakchi o‘rnini yana bir bor tasdiqladi.

Muhayyo Turdaliyeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandda 2025 yilgi BMTTD Inson Taraqqiyoti hisoboti taqdim etildi