O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda sudyalar, Bosh prokuror, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, Konstitutsiyaviy sud va Sudyalar assotsiatsiyasi raislari, Senat a’zolari, Ombudsman, Bolalar ombudsmani vakillari, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori hamda Sudyalar oliy kengashi, Advokatlar palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar mas’ul xodimlari, huquqshunos olimlar ishtirok etdi.

Oliy sud raisi B.Islomov raislik qilgan yig‘ilishda Oliy sud plenumining bir qator qarorlari ko‘rib chiqildi.   

2022 yil 13 apreldan “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi qonun kuchga kirdi. Yangi qonun zamonaviy to‘lovga qobiliyatsizlik institutining huquqiy asoslarini belgilab berdi.   

Qonunning bir xil talqin etilishini ta’minlash, to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish yuritishning barcha ishtirokchilarining qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida “Iqtisodiy sudlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi qonuni normalarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi plenum qarori ishlab chiqildi.   

Majlisda qabul qilingan plenum qarorida sudning vazifalari ishlarning har tomonlama va xolisona ko‘rib chiqilishini, tiklash tartib-taomillarining faol qo‘llanilishini, huquqlarning suiiste’mol qilinishi (bankrotlik yoki soxta bankrotlikni yashirish)ni bartaraf etish va ish yuritishning barcha bosqichlarida protsessual adolatni ta’minlashdan iboratligi bo‘yicha tushuntirishlar berilgan.     

2024 yil 21 noyabrda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga raqamli dalillar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Shu asosda raqamli dalillar tushunchasi, raqamli dalillarni to‘plash, taqdim etish, mustahkamlash, ko‘zdan kechirish, tekshirish va baholash, ularni saqlash, qaytarish hamda yo‘q qilish tartibini belgilovchi normalar amaliyotga kiritildi.     

Shunga ko‘ra, odil sudlovni amalga oshirishda moddiy va protsessual huquq normalarining to‘g‘ri tatbiq etilishini ta’minlash, sudlarda yagona amaliyotni shakllantirish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 2018 yil 24 avgustdagi “Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-protsessual qonuni normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori ishlab chiqildi.   

Majlisda qabul qilingan mazkur qaror sud va tergov organlari tomonidan raqamli dalillarni to‘g‘ri va qonuniy tarzda qo‘llash tartibini belgilash hamda raqamli va elektron ma’lumotlar asosida maqbul va nomaqbul dalillar tushunchasini yanada kengaytirish nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. 

2025 yil 9 apreldagi “Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun bilan Oila kodeksiga qo‘shimcha kiritildi. Unga muvofiq, nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ishlar ko‘rib chiqilayotganda sud oilaviy (maishiy) zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxsning talabiga ko‘ra yarashish uchun muhlat tayinlamaydi.   

Bundan tashqari, Uy-joy kodeksi yangi norma bilan to‘ldirilib, unga binoan, turar joydan foydalanish haqidagi nizolar ko‘rib chiqilayotganda, sud taraflarning kelishuviga asosan, turar joy mulkdorining tashabbusiga ko‘ra, turar joyga majburiy tartibda kiritilayotgan tarafni turar joy mulkdoriga tegishli mutanosib sharoitlarga ega bo‘lgan boshqa turar joyga kiritish yoki ijaraga olingan turar joy uchun ijara haqini to‘lash majburiyatini mulkdorning zimmasiga yuklatishi mumkin.   

Shu munosabat bilan Oila va Uy-joy kodeksiga kiritilgan yangi normalarni amaliyotda qo‘llash yuzasidan “Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi takomillashtirilishi natijasida O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi plenum qarori ishlab chiqildi.  

 [gallery-24006]

Qaror bilan 2011 yil 20 iyuldagi “Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga oid ishlar bo‘yicha qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida” va 2001 yil 14 sentyabrdagi “Uy-joy nizolari bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi plenum qarorlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.   

Qabul qilingan qarordagi tushuntirishlar kelgusida qonunchilik normalarini to‘g‘ri va bir xilda qo‘llashga xizmat qilib, odil sudlovni amalga oshirish, adolatli qarorlar qabul qilinishi orqali xotin-qizlar va mulkdorlarning qonun bilan qo‘riqlanadigan huquq va manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.   

Norgul Abduraimova, Oybek Pardayev (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oliy sud: to‘lovga qobiliyatsizlik, dalillar maqbulligi, oilaviy munosabatlar bilan bog‘liq qarorlar qabul qilindi