Vatanimiz tarixidagi 23 iyun sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

1392 yil (bundan 633 yil oldin) – Eronga “besh yillik yurish”ga otlangan Amir Temurning Buxoro yaqinidagi Jo‘yizar mavzeiga kelganida tobi qochdi. Qo‘shinda sarosima bo‘lmasligi uchun kasallik sir tutildi. Tabiblar peshvosi Muqammad Tabriziy bor mahoratini ishga solib, eng yaxshi dorivor o‘simliklardan qaynatmalar tayyorlatib, kecha-kunduz Sohibqiron yonidan jilmadi. O‘n yetti kun deganda, Amir Temurda sog‘ayish alomatlari yuzaga kelib, o‘rnidan turdi. Oradan bir hafta o‘tib, Sohibqiron asli holatiga qaytdi. Majburiy to‘xtash bir oy davom etdi va lashkar 27 iyul kuni yana yo‘lga chiqdi. Mazkur voqeani tarixchi Xondamir quyidagicha qayd etgan:

“Sha’bon oyining birinchi yakshanba kuni podshoxding mijozi mo‘’tadillikdan bir yoqqa qarab og‘di va mazkur oyning to yakshanba kuni o‘rtalarigacha kasallik davom etib, barot kechasi Masihnafas tabiblar davosi bilan emas, balki ilohiy shifobaxsh Hakimning inoyati marhamati bilan salomatlik davosi karomat qilindi”. 

1868 yil (bundan 157 yil oldin) – Turkiston general-gubernatori Konstantin fon Kaufman Samarqandda amir Muzaffar bilan Buxoro amirligini Rossiya imperiyasining protektoratiga aylantirgan shartnomani imzoladi. Unda amir urush boshlanishida aybdor ekanligi, Rossiya qo‘shinlarining harbiy xarajatlari uchun 500 ming rubl to‘lanishi qayd etildi. Shartnomaga ko‘ra bosib olingan Toshkentdan Samarqandgacha bo‘lgan barcha hudud – Xo‘jand, O‘ratepa, Panjikent, Jizzax, Samarqand, Kattaqo‘rg‘on shaharlari Rossiya imperiyasi ixtiyoriga o‘tdi. 

1963 yil (bundan 62 yil oldin) – davlat hamda jamoat arbobi, senator, o‘zbek xalqi va davlatchiligi tarixini tadqiq etgan olim, akademik Azamat Ziyo tavallud topdi. U 1997–1998 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining bosh maslahatchisi, 1998–1999 yillarda Prezident matbuot kotibi, 1999 yili Prezident Davlat maslaxatchisi, Ijtimoiy-siyosiy masalalar bo‘yicha gurux rahbari, 1999–2000 yillarda Prezident Matbuot kotib vazifalarini bajargan. Hozirda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix institutiga rahbarlik qilib kelmoqda. Azamat Ziyo 1996 yilda “Shuhrat” medali, 2003 yilda “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan. 

1984 yil (bundan 41 yil oldin) – O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasining O‘zbekiston SSR ijtimoiy-siyosiy hayotida mash’um rol o‘ynagan o‘n oltinchi plenumi bo‘ldi. Moskva tashabbusi va ko‘rsatmasi bilan tashkil qilingan bu plenumda qabul qilingan hujjatlar O‘zbekistonda o‘zbek xalqini asossiz badnom etish kampaniyasini boshlab berdi. 

Plenumda Moskvadan maxsus yuborilgan KPSS Markaziy Qo‘mitasi kotibi Ye.K.Ligachyov va boshqalar qatnashib, Kreml ko‘rsatmalari izchillik bilan bajarilishini talab qilishgan. SSSR Bosh prokurori huzurida alohida muhim ishlar bo‘yicha maxsus 12 kishilik tergovchilar guruhi tuzilib, 1983 yildayoq O‘zbekistonga yuborilgan edi. Ular keyinchalik Markazdan respublikaga kelgan “desantchilar”ga tayanib, O‘zbekistonda navbatdagi qatag‘onni amalga oshirdi. 

1989 yil (bundan 36 yil oldin) – Islom Karimov O‘zbekistop Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasining birinchi kotibi etib saylandi. U o‘zi saylangan plenumda so‘zlagan nutqida O‘zbekistonning SSSRda tutgan o‘rni va rolini aniq va ravshan belgilab berdi, madaniy merosni va tarix haqiqatini tiklash, milliy urf-odatlar va an’analarni rivojlantirish obektiv zaruriyat ekanligini ta’kidladi.

1992 yil (bundan 33 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Usto Shirin Murodovning uy-muzeyini tashkil etish haqida”gi qarori qabul qilindi. Unga binoan O‘zbekiston xalq me’morchiligi an’analarining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan xalq me’mori, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining faxriy a’zosi Usto Shirin Murodovning ijodiy merosini yanada chuqurroq o‘rganish va targ‘ib qilish maqsadida Toshkent shahrida Usto Shirin Murodov yashagan va ishlagan Habibiy ko‘chasi, 35-uyda uning uy-muzeyi tashkil etildi. 

1996 yil (bundan 29 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Bruney davlati bilan diplomatiya munosabatlarini o‘rnatdi. 

1998 yil (bundan 27 yil oldin) – Samarqand qog‘ozini qayta tiklash uchun tadbirkor hunarmand Zarif Muxtorov “Konigil Meros” xususiy qog‘oz ishlab chiqarish korxonasini ishga tushirdi. Korxona ilk bor qo‘lbola Samarqand qog‘ozini paxta tolasidan tayyorlagan bo‘lsa, keyinchalik u zig‘ir, ipak tolasidan xam ishlab chiqarila boshlandi.

Tarixdan ma’lumki, Siyob arig‘i bo‘yida qator tutzorlar bo‘lib, tut daraxti po‘stlog‘idan Samarqand qog‘ozi yaratilgan. Ta’kidlash lozimki, o‘rta asrlarda tut novdasining po‘stlog‘i mag‘zidan, ba’zan esa unga atirgul gulbargi sharbati qo‘shib xushbo‘y qog‘ozlar ham ishlab chiqarilgan. Shuningdek, qog‘ozning rangi och sariqdan to qizg‘ish malla tusgacha bo‘lib, to‘q va zarg‘aldoq rangni hosil qilish uchun qog‘oz qorishmasiga turli miqdorda xino qo‘shilganligi haqida ma’lumotlar uchraydi.

2017 yil (bundan 8 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jizzax shahrida Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2018 yil (bundan 7 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmatining bayrog‘i va emblemasi namunalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

2020 yil (bundan 5 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “«Tashkent International University of Education» halqaro universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2021 yil (bundan 4 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “«Yangi O‘zbekiston» universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Akademik Azamat Ziyo tavallud topgan kun