FOTOREPORTAJ

Farg‘ona viloyatida g‘allachilikda yaxshi tajriba yaratilganligi mo‘l hosil olishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mirishkorlar joriy yilda ham g‘alla parvarishini agrotexnik tadbirlar asosida olib bordi.

Ayni kunlarda hududlarda o‘rim mavsumi uyushqoqlik bilan tashkil etilib, don peshma-pesh omborlarga yetkazilmoqda. Xususan, Beshariq tumani g‘allakorlari 8 ming 700 gektar maydonda g‘alla yetishtirib, davlatga don topshirish rejasini to‘liq bajarib, 72 ming tonnadan ziyod don xirmonini yaratdilar. Mavsumda 209 ta fermer xo‘jaligi, 3 ta don klasteri va kooperatsiya 26 ming 450 tonna don yetishtirish bo‘yicha shartnoma imzolagan edi. Har gektar yerdan o‘rtacha 65 sentnerdan hosil olindi, yetakchi fermer xo‘jaliklarida esa bu ko‘rsatkich 85–90 sentnerga yetdi. Ayniqsa, “Bahrombek”, “Beshariq saltanati”, “Anvar hosilot”, “Chilmat rais”, “Asror Asadbek kelajagi”, “Yaxshi niyat” kabi fermer xo‘jaliklari yuqori natijalarga erishdilar. Tumanda 32 ta otryadlar tashkil etilib, samarali faoliyat olib bormoqda. 

Buvayda tumanida ham 221 ta fermer xo‘jaligi 6 ming 700 gektar maydonda g‘alla parvarishlab, davlatga 20 ming 500 tonnadan ziyod don topshirib, shartnoma rejasini ortig‘i bilan bajardilar. Tumanda fermerlar har gektardan o‘rtacha 80 sentner hosil oldilar. “Alqor agrotexnika”, “Yulduz”, “Nayman yangi turmush”, “Yangi O‘zbekiston”, “Zamin–2001” va “Patilaxon” fermer xo‘jaliklari 90–100 sentnergacha hosil yetishtirishga erishdi. Ayni paytda viloyatning barcha hududlarida o‘rim-yig‘im ishlari jadal sur’atda olib borilmoqda. 

[gallery-24000]

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Beshariq va Buvayda tumanlari Farg‘onada birinchilardan bo‘lib g‘alla shartnomaviy rejasini bajardi