Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arag‘chiy aytishicha, AQSH Eron bilan yadroviy kelishuv bo‘yicha muzokaradan Isroil zarbasi uchun niqob sifatida foydalangan va bu muloqot jarayoniga ishonchni yo‘qqa chiqargan, deb yozdi “NBC” telekanali vazirdan intervyu olgandan keyin.
— U Vashington aslida diplomatiyaga qiziqmagani, bu jarayondan Isroil Eronga havo hujumi uyushtirishi uchun niqob sifatida foydalangan bo‘lishi mumkinligini taxmin qildi, — deyilgan axborotda.
Eron tashqi diplomatiyasi rahbari so‘zlariga ko‘ra,Prezident Donald Tramp ma’muriyati “muzokara yo‘li bilan kelishuvga erishish niyatida qat’iyligini namoyish qilishi” kerak. Xullas, Arag‘chiy endi Eron diplomatik muzokarada AQSHga ishona oladimi yoki yo‘qmi, ishonchi komil emas.
— Ular qilgan ish, aslida, diplomatiyaga xiyonat edi, — deya qo‘shimcha qilgan mulozim.