“Bernama” axborot agentligi Malayziya Bosh vaziri o‘rinbosari, energetika va suv transformatsiyasi vaziri Datuk Seri Fadillah bin Yusuf boshchiligidagi delegatsiyaning diyorimizga rasmiy tashrif bilan kelgani haqida maqola e’lon qildi.

Maqolada Fadillahning yurtimizga tashrifi doirasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv o‘rin olgani qayd etilgan. Shuningdek, uning O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov bilan ikki tomonlama hamkorlik munosabatlarning energetika jabhasi izchil rivoji haqida muzokaralar o‘tkazishi kutilmoqda.

Qolaversa, delegatsiyaning tashrif dasturi doirasida poytaxtimizning diqqatga sazovor joylari, xususan, “Temuriylar tarixi davlat muzeyi”, “Amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi” va XIX asrga oid Beshyog‘och dahasida joylashgan Shayx Abulqosim eshon qurdirgan madrasa bilan tanishish ko‘zda tutilgan.

Xabarda yozilishicha, Malayziya delegatsiyasi Samarqandda bo‘lib o‘tadigan “2030 yilgacha besh yil: Barqaror kelajak uchun davlat xizmatlarini tezlashtirish” mavzusidagi BMT Davlat xizmati forumi va Toshkentda Bosh vazirlar o‘rinbosarlari ishtirokida o‘tkaziladigan O‘zbekiston – Malayziya biznes forumida ishtirok etadi.

Muharrama Pirmatova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – Malayziya biznes forumi bo‘lib o‘tadi