Gretsiyaning janubiy Gavdos orolidan 30 mil uzoqlikda suzib ketayotgan ikkita baliq ovlash qayig‘idan 600 dan ortiq muhojir qutqarib olindi, deb xabar bermoqda “Associated Press” nashri.

Operatsiyada Gretsiya qirg‘oq qo‘riqlash xizmati va hududdagi to‘rtta tijorat kemasi ishtirok etdi. Qutqaruv operatsiyasi Qidiruv va qutqaruv ishlarini birgalikda muvofiqlashtirish markazi (EKSED) tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Yo‘lovchilar qirg‘oq qo‘riqlash patrul qayig‘i va “FRONTEX” agentligi kemasi tomonidan qutqarilgan.

Xabarda ta’kidlanishicha, qutqarilgan fuqarolar Paleoxora portiga yetkazilib, ularga zarur yordam ko‘rsatilgan. Hozirda ularni ro‘yxatga olish va shaxsini aniqlash jarayonlari davom etmoqda.

Sohil qo‘riqchisining ta’kidlashicha, kecha kichikroq qayiqdagilar rasmiylarga Liviyaning Tobruk shahridan jo‘nab ketganliklarini va kontrabandachilarga Gretsiyaga o‘tkazib qo‘yishlari uchun 4 ming yevro to‘laganliklarini aytishgan. Biri 16, ikkinchisi 19 yoshli ikki sudanlik o‘smir muhojirlar kontrabandasida gumon qilinib, hibsga olingan.

Gretsiya yillar davomida Yaqin Sharq, Afrika va Osiyodagi urush va qashshoqlikdan qochgan odamlarga Yevropa Ittifoqiga kirish uchun noqonuniy yo‘llardan biri bo‘lib kelgan. BMTning qochqinlar bo‘yicha agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili qo‘shni Turkiyadan va Liviya qirg‘oqlaridan janubga kelganlar soni keskin oshdi.

2024 yilda yunonlar davlatiga 60 mingdan ortiq odam kelgan, ularning aksariyati dengiz orqali kirib kelgan. Joriy yilning 15 iyun holatiga ko‘ra, jami 16 ming 290 ta kelganlar qayd etilgan bo‘lib, ularning 14 ming 600 dan ortig‘i dengiz orqali kelishgan.

Hukumat muhojir qayiqlarining yaqin atrofdagi Gretsiya orollariga yetib borishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun Turkiya bilan sharqiy dengiz chegarasini yaqindan qo‘riqlayotgani sababli, kontrabandachilar kattaroq qayiqlardan foydalanib, shimoliy Afrika qirg‘oqlaridan Gretsiyaning janubiy uchigacha bo‘lgan uzoqroq va xavfliroq O‘rta yer dengizini kesib o‘tishni afzal ko‘rmoqda.

O‘tkir Mirzo, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gretsiya sohillarida 600 dan ortiq muhojir qutqarildi