Amerika Qo‘shma Shtatlari Eronga zarba bergan taqdirda Buyuk Britaniya va YeI terror hujumlari to‘lqiniga duch kelishi mumkin, deb yozmoqda London matbuoti diplomatik manbalarga tayanib. Ularning fikricha, bunday harakatlarni Islom Respublikasining ishonchli vakillari amalga oshirishi mumkin.

Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya va butun Yevropa Ittifoqi AQSHni vazminlikka chaqirmoqda. Buning bir necha sababi bor. Eronda Yevropa davlatlarining kamida 15 fuqarosi hibsda ushlab turilibdi. Ular josuslikda ayblanyapti, bu haqda“The Telegraph” gazetasi yozgan.

Isroil va Eron ziddiyati kuchaygan bir payt Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer hammani “diplomatiyaga qaytish”ga da’vat etyapti. Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron ham shu mazmundagi bayonot bilan chiqib, AQSH aralashuvining oldini olish uchun Eronga qarshi amaliyotni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirgan. Fransiya rahbari, shuningdek, Isroil bombardimon qilishda chegaradan chiqib ketganini ham aytgan. Zero, Isroilning dastlabki rejasi Eronning faqat yadroviy ob’ektlari va raketalar saqlanayotgan hududlarini nishonga olish edi.

Tramp Qo‘shma Shtatlar Isroil-Eron mojarosiga aralashishini istisno etmagan. U Tehrondan so‘zsiz taslim bo‘lishni talab qilib, so‘zini“yakuniy ultimatum” deb atagan. Amerika yetakchisi ta’kidlashicha, Eron Isroil zarbasidan oldin yadroviy qurol yaratishga yaqin turgan. Binobarin, AQSH razvedkasi Eronning yadro quroli yaratish ustida ishlayotganini isbotlovchi biror dalil topmagan.

Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt Tramp Eronga ehtimoliy zarba bo‘yicha qarorini ikki hafta ichida qabul qilishini aytgan. “The Wall Street Journal”nashri yozishicha, Prezident Eronga hujum qilish rejasini allaqachon ma’qullagan. Tehron esa agar uchinchi tomon Isroilni qo‘llab-quvvatlaydigan bo‘lsa, “darhol javob zarba”si berilishini bildirgan.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/8fJ3WOlB2zo?si=aAwLOebA2TLDw3xs" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

K.Bekjonov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH Eronga zarba bersa... (+video)