Buxoro jadidchiligining yirik namoyandalaridan va ma’rifatparvar, tarixchi olim, professor (1935), taraqqiyot yo‘lida milliy harakatning faol qatnashchilaridan biri Muso Saidjonov 1893 yili Buxoro shahrida savdogar oilasida tug‘ilgan. Mirarab madrasasini bitirib, Kogondagi rus-tuzem maktabida o‘qigan. M.Saidjonov ilmga qiziqib, arab, fors, turkiy tillar, adabiyot, tarix va geografiya bilan jiddiy shug‘ullanadi.
1913 yildan jadidchilik harakatiga qo‘shilib, 1917 yilda «Yosh buxoroliklar» partiyasining tashkilotchilaridan biri bo‘ladi. U partiya markaziy qo‘mitasining a’zosi etib saylangan. Lekin Muso Saidjonov tabiatan inqilobiy harakatlarga qarshi bo‘lib, islohotlarni tadrijiy yo‘l bilan o‘tkazish tarafdori edi. Shuning uchun ham u 1917 yil Buxorodagi jadidlar tomonidan uyushtirilgan namoyishga qarshi bo‘lgan. Amir bilan jadidlar o‘rtasidagi muzokarada qatnashgan. Muso Saidjonov o‘zbek xalqi o‘zgacha milliy taraqqiyot yo‘lidan borishiga ishongan.
"Jadidlar — millat qahramonlari" loyihasining bu galgi soni birinchi o‘zbek arxeolog olimi, ma’rifatparvar, sharqshunos olim Muso Saidjonovga bag‘ishlanadi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/9smG5YJwDi8?si=yrQicLE0C8VPzQ03" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, A.Ahmedov,O‘zA