Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumanidagi Qorasuv daryosida elektr toki yordamida noqonuniy baliq ovlagan fuqarolar qo‘lga olindi.

Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar asosida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tezkor surishtiruv ishlarini olib bordi.

Bu yuzasidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi ma’lum qilmoqda.  

O‘rganishlar natijasida joriy yilning 15 iyun kuni Yangiyo‘l tumanida yashovchi fuqarolar — 1991 yilda tug‘ilgan X.S. hamda 1994 yilda tug‘ilgan A.G. tomonidan Qorasuv daryosida taqiqlangan qurol — elektr qarmog‘i yordamida kumush tovon baliqlari ovlangani ma’lum bo‘ldi.

Noqonuniy ov natijasida tabiatga 150 million so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan.

Ekologik nazorat inspektorlari tomonidan jinoyat sodir etilgan joydan  

rezina qayiq, ekran, tok kuchaytirgich, 4 metrli elektr simi, akkumulyator hamda bir juft  eshkaklar musodara qilingan va barcha vositalar vaqtincha saqlash uchun Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi omborxonasiga joylashtirilgan. Holat yuzasidan huquqiy baho berish va qonun doirasida chora ko‘rish maqsadida yig‘ilgan hujjatlar Toshkent viloyati prokuraturasiga topshirilgan.  

Eslatib o‘tamiz, elektr toki yordamida baliq ovlash O‘zbekiston qonunchiligida qat’iyan taqiqlangan bo‘lib, jonzotlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lish, biologik resurslarga zarar yetkazish va suv tizimlarining barqarorligini buzishga olib keladi.  

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/dCobsnP-UsA?si=yrxXjNoa72BQ7fsm" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Eshmirzayeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangiyo‘lda noqonuniy baliq ovlaganlar aniqlandi (+video)