Har bir millat shoiri qalbining go‘zalligi, ezguligi o‘zgacha, she’rining fusuni o‘zgacha! Chin adabiyot, chin she’riyat yurakdan yaratilgan bo‘lsa — umumbashariylik kasb etgan bo‘lsa — u insoniyatniki. Har kanday tamaddun davrida ham Qalb va tafakkur hosilalari yashaydi.
Bugun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, otashnafas shoir Azim Suyunning "Tanlangan asarlar" i va adabiyotshunos olim Qozoqboy Yo‘ldoshning “Azim Suyun shaxsiyati va ijodiy qiyofasiga chizgilar” nomli kitobi taqdimoti, hamda fotograf Ahmad To‘raning “Ko‘ngil kengliklari bo‘ylab" nomli shaxsiy fotoko‘rgazmasi o‘tkazildi.
Mamlakatimizda o‘zbek adabiyoti va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan atoqli shoir Azim Suyunning betakror ijodiy merosi nihoyatda qadrlanadi. Ardoqli shoirimizning Vatanga muhabbat, vafo va sadoqat tuyg‘usini, olijanob insoniy fazilatlarni madh etgan yetuk badiiy asarlari, sermazmun hayoti va ijtimoiy faoliyatining xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish, yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni beqiyosdir.
Ushbu o‘tkazilgan adabiy-ma’rifiy tadbirning ustozlar xotirasiga bag‘ishlanishida juda katta hikmat bor. Zero, qalblar hamisha mana shunday adabiyot bilan uyg‘oq va barhayot yashaydi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/w-LKci0-eKY?si=dOmnA_aNcQqKc1v4" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, I. Ismatov,O‘zA