O‘zbek xalqining qadimiy va shu bilan birga milliy iftixori bo‘lgan kurash sporti jahon sahnasida yana bir muhim bosqichni bosib o‘tdi.

Joriy yilning 17–25 may kunlari Shri-Lankaning Kolombo shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro harbiy sport kengashi (CISM) Bosh Assambleyasida kurash rasman harbiy sport turlari taqvimiga kiritildi. 

Bu yuzasidan bugun, 19 iyun kuni AOKAda mazkur muhim voqeaga bag‘ishlab o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi. 

Tadbirda Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasi rahbarlari, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Bosh prokuratura va sport vazirligi mas’ullari, Xalqaro harbiy sport kengashi va xorijiy kurash federatsiyalari vakillari hamda jurnalistlar ishtirok etishdi. 

Anjumanda Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasi Prezidenti Haydar Farmon nutq so‘zlab, so‘nggi yillarda kurashning jahon sport maydonida o‘z munosib o‘rniga ega bo‘lib borayotgani, bu jarayonda O‘zbekiston Prezidentining beqiyos e’tibori va qo‘llab-quvvatlovi alohida o‘rin tutishini ta’kidladi. 

“Kurash nafaqat milliy sport sifatida, balki xalqaro diplomatiya, madaniy muloqot va jismoniy tarbiya vositasi sifatida dunyo maydonida tobora o‘z nufuzini oshirmoqda. Bu yutuq — butun Kurash oilasining sabr va intizomi orqali erishilgan natijadir” deydi, Haydar Farmon o‘z nutqida. 

Shuningdek, Xalqaro harbiy sport kengashining rasmiy sport dasturiga kirish uchun bir necha yillik muzokaralar, namoyishlar va xalqaro hujjatlashtirish ishlari amalga oshirilganini ta’kidlab,  Haydar Farmon O‘zbekiston Hukumati, Sport va Mudofaa vazirliklari hamda Milliy Olimpiya qo‘mitasiga o‘z minnatdorligini bildirdi.

Ushbu yutuq —  O‘zbekiston prezidentining “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va ommalashtirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosining mantiqiy davomi bo‘ldi. Xususan, mazkur qarorda 2026 yil davomida kurash sport turini CISM rasmiy musobaqalari dasturiga kiritish belgilangan edi.  

Ma’lumot uchun, 1948 yilda tashkil etilgan Xalqaro harbiy sport kengashi (CISM) — harbiylar o‘rtasida sport orqali tinchlik va hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan yirik tuzilma hisoblanadi. Unda 140 dan ortiq davlat a’zo bo‘lib, tashkilot har to‘rt yilda “Harbiy Olimpiada” — CISM World Military Games musobaqalarini o‘tkazadi. Mazkur musobaqalarda jangovar sport turlari ustuvor hisoblanadi va endilikda kurash ham ular qatoriga kiritildi. 

Tadbirda Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasi bosh kotibi Reza Nassiri kurashning Xalqaro harbiy sport kengashi kalendaridan o‘rin olgani butun sportimiz uchun yangi bosqich ekanini ta’kidladi. 

“Kurash nafaqat Olimpiya harakati, balki harbiy sport tizimida ham o‘ziga xos o‘rin egallash imkoniyatiga ega. U shunchaki sport emas — bu jangovar san’at. Biz dunyo bo‘ylab kurashning nufuzli harbiy sport turiga aylanishiga ishonamiz” deydi yana, u. 

Reza Nassiri shuningdek, 2026 yil 5–6 sentyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “Kurash Challenge Cup” musobaqasi haqida ma’lumot berdi. Mazkur musobaqa Xalqaro harbiy sport kengashi doirasidagi ilk rasmiy kurash turniri bo‘lib, dunyodagi eng kuchli harbiy sportchilarni bir maydonda to‘playdi. Musobaqa Mustaqillik bayrami hamda Kurash kuni munosabati bilan tashkil etiladi.

Anjumanda Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasi Vitse-prezidenti Sherzodxon Qudratxo‘ja ham chiqish qildi va kurashning jahon hamjamiyatidagi o‘rni va unda O‘zbekistonning nufuzi haqida to‘xtalib o‘tdi. U bugun kurash nafaqat sport turi, balki O‘zbekistonning madaniy diplomatiyasi va xalqaro imijining kuchli targ‘ibot vositasiga aylangani, dunyoning 5 qit’asida “chala”, “yonbosh”, “halol” so‘zlari jaranglayotgani —  bizning tarix va madaniyatimizning sport orqali namoyon bo‘layotganini ta’kidladi. 

Shu bilan bir qatorda so‘zga chiqqanlar ushbu yutuqni nafaqat sportdagi, balki qator davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik, tinchlik va madaniy yaqinlashuv sifatida ulkan qadam bo‘layotgani, 140 dan ortiq mamlakatni birlashtirgan Xalqaro harbiy sport kengashining “Tinchlik uchun sport” shiori ostida kurashni o‘z taqvimiga qo‘shgani — O‘zbekiston sporti va diplomatiyasi uchun ham muhim burilish bo‘lganini e’tirof etdilar. 

2026 yil Toshkent shahrida o‘tkaziladigan “Kurash Challenge Cup” musobaqasi esa nafaqat harbiy sport, balki milliy iftixor, madaniyat va yuksak qadriyatlarning xalqaro sahnada namoyon bo‘lishi kutilmoqda. 

 Bu esa o‘z navbatida, kurash orqali yurtimizning madaniy va sport salohiyatini keng jamoatchilikka yanada teranroq namoyon etilishiga xizmat qiladi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/d-IRB_NiZsE" title="Kurash — harbiy sport turi sifatida xalqaro e’tirofga sazovor bo‘ldi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Eshmirzayeva, D.Yakubov, U.To‘xtayev, O‘zA 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kurash — harbiy sport turi sifatida xalqaro e’tirofga sazovor bo‘ldi (+video)