Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tumani hokimligi axborot xizmati tomonidan tuman hududida chorvachilik sohasidagi amalga oshirilayotgan ishlar bilan keng jamoatchilikni yaqindan tanishtirish maqsadida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun press-tur tashkil etildi.
Tadbir ishtirokchilari chorvachilik sohasidagi ilg‘or tajribalar, aholini go‘sht va sut mahsulotlari bilan ta’minlash, chorva mollarini turli kasalliklardan himoyalash, ozuqa-yem tayyorlash, sog‘lom naslni shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Tuman hududida chorvachilik yo‘nalishida jami 33 ta, shundan 18 tasi qoramol, 2 tasi echkichilik, 6 tasi parrandachilik, 1 tasi quyonchilik hamda 6 tasi baliqchilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaligi faoliyat yuritmoqda.
“Qoraboyli” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan chorvachilik yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan "Begjapli Beksultan chorva" fermer xo‘jaligiga 2021 yilda Germaniya davlatidan 63 bosh “Golshtin” zotli qoramol olib kelingandi. Bugungi kunda ular 74 boshga yetkazildi. Ayni paytda mollardan kuniga 18 litr, bir oyda esa 10 tonnaga yaqin sut olinmoqda. Nukus shahrida tashkil etilayotgan yarmarkada esa go‘sht va sut mahsulotlari aholiga arzon narxlarda sotilmoqda.
[gallery-23950]
Shumanay tumani “Momiy” ovul fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi To‘raxon Moldag‘aliyev ko‘p yildan buyon tuya boqadi. Tuyalardan olinadigan tabiiy sut yuqori sifatli bo‘lib, sog‘lomlashtiruvchi va shifobaxsh xususiyatlari bilan mahalliy aholining kundalik ehtiyojini qondirishda muhim o‘rin tutmoqda. Bu faoliyat oila uchun asosiy daromad manbai bo‘lishi bilan birga, qishloq joylarda tuyachilikni rivojlantirish bo‘yicha yosh fermerlarga namuna hisoblanadi.
Media-tur davomida ommaviy axborot vositalari vakillari ushbu xonadonga tashrif buyurib, tuyachilik bilan yaqindan tanishdi va zarur ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Dl-3m_EdFgg" title="Shumanayda chorvachilik sohasiga e’tibor qanday?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat, video), O‘zA