Hozirgi kunda Toshkent shahrida joylashgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktabining Nukus, Andijon, Buxoro, Farg‘ona, Guliston, Jizzax, Samarqand hamda Urganch shaharlarida filiallari mavjud. Bosqichma-bosqich qolgan hududlarda ham mazkur maktabning filiallari tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Xo‘sh, nomzod bir vaqtning o‘zida Muhammad al-Xorazmiy tayanch ixtisoslashtirilgan maktabiga va uning hududlardagi filiallariga hujjat topshirsa bo‘ladimi?

Mazkur savol yuzasidan Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi axborot xizmati rahbari Jo‘rabek Jangirov quyidagilarni ma’lum qildi:

–Talabgor Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktabiga yoki o‘z hududidagi mazkur maktabning filialiga hujjat topshirishi mumkin. Maktabga  hujjatlar qabuli joriy yilning 20 iyuniga qadar davom etadi.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, filiallarga ham o‘quvchilar tayanch maktab uchun belgilangan tartib asosida saralab olinadi. O‘quvchilar uchun autsorsing asosida belgilangan tartibda bepul sog‘lom ovqatlantirish tashkil etiladi.

Muhayyo Toshqorayeva,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi va uning filiallariga bir vaqtning o‘zida hujjat topshirish mumkinmi?