Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, nufuzli xalqaro reyting agentligi Times Higher Education (THE) tomonidan “Impact Rankings 2025” natijalari e’lon qilindi. Reyting natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari mintaqada eng yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etib, Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasida mutlaq yetakchiga aylandi.

Agentlik universitetlarning Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan belgilangan 17 ta Barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM) qo‘shgan hissasini tahlil qildi. Unda O‘zbekistonning 59 ta oliy ta’lim muassasasi qayd etilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich mintaqadagi eng yuqori natija hisoblanadi.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonning 12 ta oliy ta’lim muassasasi jahonning Top-1000 talik universitetlari ro‘yxatidan munosib o‘rin oldi. Ular orasidan 3 ta universitet reytingning eng yuqori — 201–300 o‘rinlarida qayd etildi:

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti - 201–300

O‘zbekiston Milliy universiteti - 201–300

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti - 201–300

Toshkent davlat yuridik universiteti - 301–400

Samarqand davlat universiteti - 401–600

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti - 401–600

Buxoro davlat universiteti - 601–800

Samarqand davlat tibbiyot universiteti - 601-800

Navoiy davlat universiteti - 801-1000

Toshkent davlat pedagogika universiteti - 801-1000

Toshkent davlat texnika universiteti - 801-1000

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti - 801-1000

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, 2021 yilda e’lon qilingan “THE Impact Rankings” reytingidan yurtimizning 12 ta,  2022 yilda  30 ta, 2023 yilda 47 ta, 2024 yilda esa 53 ta oliy ta’lim muassasasi o‘rin egallagan edi.

Muhayyo Toshqorayeva,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari mintaqada eng yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etdi