Rossiya mudofaa vazirligi mamlakat hududida 147 ta uchuvchisiz samolyot yo‘q qilinganini ma’lum qildi.

Xabarlarga ko‘ra, havo hujumidan mudofaa vositalari Belgorod, Kursk, Bryansk, Voronej, Tver, Lipetsk, Orlov, Tambov, Tula va Moskva viloyati hududlari ustida uchayotgan dronlarni urib tushirgan.

Moskva meri Sergey Sobyaninning aytishicha, poytaxtga yaqinlashayotgan ikkita uchuvchisiz uchoq urib tushirilgan. Manbaalar shuningdek, shahardagi Noginsk va Jukovskiy tumanlari atrofida portlash tovushlari haqida yozgan. 

– Belgorodda Ukrainaning dron hujumi natijasida bir kishi jarohat oldi, -dedi viloyat rahbari Vyacheslav Gladkov.

Gubernator Aleksandr Bogomazning so‘zlariga ko‘ra, Bryansk viloyati osmonida 43 ta dron urib tushirilgan, qurbonlar va talafotlar yo‘q.

Shuningdek, Tver viloyatida beshga yaqin Ukraina havo qurollari urib tushirilgan, hech kim jarohat olmagani ma’lum. Voronej, Tula, Tambov viloyatlarida qurbonlar hamda vayronagarchiliklar kuzatilmagan.

“Rosaviatsiya” Moskva, Kaluga, Tambov, Nijniy Novgorod aeroportlarining faoliyatiga biroz cheklovlar qo‘ydi, ammo bu cheklovlar hozircha faqatgina Kaluga Grabtsevo aeroportida amal qilmoqda.

S.Poyonov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiya – Ukraina nizosi: dronlar hujumi davom etmoqda