Davlat rahbarining tashabbusi bilan Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanining “Baraka” massivigacha 28 kilometr uzunlikdagi yangi temir yo‘l yo‘nalishi barpo etildi. Mazkur yo‘nalish zamonaviy logistika tizimining muhim bo‘g‘ini sifatida tumanni mamlakat va mintaqaviy bozorlar bilan yanada samarali bog‘laydigan mustahkam ko‘prik vazifasini o‘taydi.

Endi “G‘ijduvon erkin iqtisodiy zonasi”ga to‘g‘ridan-to‘g‘ri temir yo‘l orqali yetib borish imkoni yaratildi. “G‘ijduvon erkin iqtisodiy zonasi” Prezidentimizning farmoniga muvofiq tashkil etilgan bo‘lib, ayni kunda faoliyati bir necha turdagi tadbirkorlik sub’ektlaridan iborat. Jumladan, G‘ijduvon, Kogon, Peshku, Qorovulbozor hamda Romitan tumanlari hududidan ishlab chiqarish uchun yer maydonlari ajratilgan.

Hozirda umumiy qiymati 296,7 million AQSH  dollariga teng bo‘lgan 51 ta investitsiya loyiha amalga oshirilmoqda. Mazkur loyihalar ishga tushirilishi hisobidan 6 ming 326 ta yangi ish o‘rni yaratilishiga erishiladi. Bu esa ishlab chiqarish hajmini oshirish, mahalliy va xorijiy sarmoyalar uchun keng yo‘l ochish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda tuman iqtisodiy salohiyatini sezilarli darajada yuksaltirishga xizmat qiladi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘ijduvonga temir yo‘l kirib keldi