Mamlakatga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, infratuzilmani zamonaviylashtirish va yangi ish o‘rinlari yaratish, shuningdek, O‘zbekistonning global iqtisodiy maydondagi o‘rnini mustahkamlash maqsadida o‘tkazilgan to‘rtinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi mamlakatning investitsiyaviy salohiyati va iqtisodiy rivojlanishga bo‘lgan ishonchning yorqin namunasi sifatida namoyon bo‘ldi.

Forumda ko‘plab yirik investitsiya shartnomalari imzolandi. Jumladan, ilg‘or integratsiyalashgan dehqonchilik, sut-chorvachilik va sut iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish tizimini yaratish bo‘yicha qo‘shma hamkorlik hamda “Yangi Namangan shaharchasi” hududida zamonaviy ko‘p qavatli uy-joylar va mehmonxona tashkil etish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar;

– Farg‘ona vodiysi va Jizzax viloyatidagi oqova suv tozalash inshootlari qurish bo‘yicha qo‘shimcha kelishuv;

–   Yaponiyada ishlashga tayyorlash markazini tashkil qilish va kichik va o‘rta biznesga Islom moliyasi asosida mablag‘ ajratish bo‘yicha anglashuv memorandumlari;

– “ACWA Power”, “Bell Engineering Software Technologists”, “Hyper Partners”, “Shaanxi Road And Bridge Group” kabi kompaniyalar bilan energetika, raqamli transformatsiya va infratuzilma loyihalari bo‘yicha investitsiya shartnomalari imzolandi.

Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi va “Uz Oman Capital” o‘rtasida Markaziy Osiyo to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasini tashkil qilish bo‘yicha memorandum muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Shuningdek, quyosh va issiqlik elektr stansiyalari, pullik avtomobil yo‘li, xavfli chiqindilarni qayta ishlash zavodlari va boshqa yirik loyihalar bo‘yicha kelishuvlar imzolandi.

Ushbu shartnomalar ish o‘rinlari yaratish, eksport hajmini oshirish va yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish orqali iqtisodiy barqarorlikka xizmat qiladi. “Yangi Toshkent” loyihasi, 20 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniga ega aeroport va multimodal transport xablari kabi infratuzilma tashabbuslari mamlakatning modernizatsiya va urbanizatsiya jarayonlarini tezlashtiradi.

O‘zbekiston 2030 yilga qadar YAIMni 200 milliard dollarga, eksportni 45 milliard dollarga yetkazish va iqtisodiyotda xususiy sektor ulushini 85 foizga oshirishni maqsad qilgan. Bu maqsadlarga erishish uchun davlat iqtisodiyotdagi rolini qisqartirish, tashqi savdoni erkinlashtirish, biznes muhitini yaxshilash va raqamlashtirish kabi islohotlarni davom ettirmoqda.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, Forum O‘zbekistonning global iqtisodiy integratsiyada muhim o‘rin egallayotganini ko‘rsatdi. Imzolangan shartnomalar, investitsiya ko‘rgazmasi va xorijiy hamkorlar bilan mustahkamlangan aloqalar O‘zbekistonni Markaziy Osiyodagi eng muhim investitsiya markaziga aylantirmoqda.

Iskandar O‘roqboyev,  

Barqaror rivojlanish markazi eksperti.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
IV Toshkent xalqaro investitsiya forumi O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanish yo‘lidagi muhim platforma bo‘ldi