Jizzax viloyatining tog‘li Baxmal tumanida ekoturizm, agroturizm va ekstremal turizmni rivojlantirish maqsadida 2025–2030 yillarda yirik turistik loyihalar amalga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda.

Jumladan, Zomin-Baxmal davlat qo‘riqxonasiga tutash “Muzbuloq” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 40 gektar maydonda “Baxmal Eco Villagye” nomli ekoturizm klasteri tashkil etish loyihasini amalga oshirishga kirishildi.  

Mazkur klaster doirasida uch yulduzli mehmonxona, yengil va ekologik toza materiallardan barpo etiladigan joylashtirish vositalari, turistik so‘qmoqlar, manzarali tomosha maydonchalari, kemping va glemping zonalari, o‘tov va ekouylar qurilishi ko‘zda tutilgan.  

Loyihaga ko‘ra, tog‘li hududlardagi dengiz sathidan 2000 metr balandlikda joylashgan – Boyqo‘ng‘ir, Muzbuloq, Jo‘m-jo‘msoy kabi 9 ta qishloqda sog‘lomlashtirish va turizm markazlari tashkil etiladi.  

Shuningdek, 3 ta mehmonxona (420 o‘rinli), 100 ga yaqin shale uslubidagi villalar va xizmat ko‘rsatish infratuzilmalari barpo etilishi rejalashtirilgan.  

2024 yil yakunlariga ko‘ra, Baxmal tumaniga 46 ming 200 nafar xorijiy va 203 ming 200 nafar mahalliy turist tashrif buyurgan. Turizm xizmatlari eksporti 6 million 600 ming AQSH dollariga yetgan. Hozirgi paytda tumanda 3470 o‘rinli 547 ta joylashtirish vositasi, 325 ta kemping, 200 ta oilaviy mehmon uyi, 20 ta xostel va 1 ta sanatoriya faoliyat yuritmoqda.  

Baxmal tumanining 50 foiz hududi baland vuqorli tog‘lardan iborat bo‘lib, bu yerda ekologik turizmni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar bor. Shu bilan birga, tumanda ziyorat turizmi va tarixiy turizmni jalb etish imkonini beruvchi 10 dan ortiq ziyoratgoh, 68 ta arxeologik yodgorlik va 27 ta tabiiy soy mavjud.

A.Qayumov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turizmni rivojlantirishga oid yangi loyiha amalga oshiriladi