Apple kompaniyasi 2025-yilgi WWDC (Worldwide Developers Conference) ko‘rgazmasida AirPods quloqchinlari uchun sezilarli yangilanishlarni e’lon qilishi kutilmoqda. Yangi funksiya va imkoniyatlar quloqchinlarni yanada aqlli va ko‘p funksiyali gadjetga aylantiradi. Apple muhandislari AirPods quloqchinlariga foydalanuvchining uyqu holatini aniqlash imkonini beruvchi sun’iy intellekt asosidagi texnologiyani joriy qilmoqdalar. Ushbu yangilik tufayli foydalanuvchi uxlab qolganida quloqchinlar buni aniqlaydi va musiqani yoki audiokitobni avtomatik tarzda to‘xtatadi. Bu esa nafaqat qulaylik, balki quvvat sarfini ham kamaytirishga xizmat qiladi.
Yangi funksiya yurak urish ritmi, harakatsizlik holati va boshqa biometrik belgilar orqali foydalanuvchining uxlab qolganini aniqlaydi. Bu imkoniyat Apple ekotizimidagi boshqa qurilmalar — masalan, iPhone yoki Apple Watch bilan uyg‘unlikda yanada samarali ishlaydi.
Yana bir diqqatga sazovor yangilik — AirPods orqali iPhone yoki iPad kamerasini boshqarish funksiyasi. Endilikda foydalanuvchi AirPods oyoqchasiga (stem) yengil teginish orqali masofadan turib suratga tushishi mumkin bo‘ladi. Bu funksiya, ayniqsa, selfi olish, guruh bilan suratga tushish yoki shtativdan foydalanganda juda qo‘l keladi.
Bu kabi yangiliklar Apple kompaniyasining AirPods quloqchinlarini faqatgina musiqaga mo‘ljallangan gadjet emas, balki foydalanuvchi hayotini soddalashtiradigan aqlli vositaga aylantirish yo‘lida qadam tashlayotganini ko‘rsatadi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/issghUdO3MI?si=54Wuu_a-N7z2m4wE" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Madinabonu Nasriyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA