Vatanimiz tarixidagi 18 iyun sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

1037 yil (bundan 988 yil oldin) – jahon fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk qomusiy olim Ibn Sino 57 yoshida qulunj kasalligidan vafot etdi. Uni izzat-ikrom bilan shogirdi Juzjoniy boshchiligida Hamadonga dafn etishdi. Ibn Sino qabri ustida hashamatli maqbara qurilgan. Juzjoniyning yozishicha, Ibn Sino jismoniy jihatdan ham baquvvat bo‘lgan. Biroq shaharma-shahar darbadar yurish, uyqusizlik, tinimsiz mehnat va ta’qiblar, hibsga olishlar uning salomatligiga salbiy ta’sir etgan.

Ibn Sino Yevropada Avitsenna nomi bilan mashhur bo‘lgan. “Meditsina” atamasi uning tabiblik mahorati (madadi Sino)dan olingan. Ibn Sinoning hayot yo‘li o‘zi yozgan tarjimai holi va shogirdi Juzjoniy tomonidan qoldirilgan manbalardan ma’lum. Ibn Sinoning ilmiy qiziqishlari, dunyoqarashining shakllanishida qadimgi Sharq madaniyati, yunon ilmi, falsafasi, Markaziy Osiyo xalqlarining mustaqillik uchun olib borgan kurashlari muhim rol o‘ynadi. 

Ibn Sino asarlarining umumiy soni 450 dan oshadi, lekin bizgacha faqat 160 ga yaqin asari yetib kelgan, xolos. Ko‘p risolalari shaharma-shahar ko‘chib yurish, urushlar, saroy to‘polonlari, turli falokatlar tufayli yo‘qolib ketgan. Ko‘p manbalarda ibn Sino avvalo tabib sifatida talqin etiladi, holbuki tabobat uning ilmiy sohalari orasida eng muhimlaridan biridir, xolos. Ibn Sino asarlarining asosiy qismi Yaqin va O‘rta Sharqning o‘sha davr ilmiy tili hisoblangan arab tilida, ba’zilari fors tilida yozilgan. 

1391 yil (bundan 634 yil oldin) – dushanba kuni Qunduzcha (hozirgi Samara bilan Chistopol oralig‘idagi Kondurcha shaharchasi) mavzesida Amir Temur va To‘xtamish o‘rtasida jang yuz berdi. Amir Temur birinchi marta o‘z lashkarini shu paytgacha qo‘llanmagan “yetti qo‘l” (yetti qism) tartibida tuzdi. Qarshi tarafda To‘xamishxon ham o‘z sipohini besh qo‘lga bo‘lib, ularga Dashti Qipchoqning nomdor sarkardalarini boshliq qilib, saf chekib turdi.

Amir Temur yirik jang oldidagi odati bo‘yicha lashkarni saf torttirib ko‘rikdan o‘tkazadi va ruhiy hujum taktikasini ko‘llaydi: lashkariga chodir va o‘tovlarini tutishni buyuradi. O‘zi esa bu payt ikki rakat namoz o‘qib oladi. Buning hammasi dushmanni hayratda qoldirib, dong qotirib qo‘yadi. Undan tashqari, u yerda hozir bo‘lgan Sayyid Baraka bir hovuch mayda tosh terib, “Yaag‘i (dushman) qochti!” deb, dushman tarafiga uloqtiradi. Jang Amir Temur g‘alabasi bilan tugadi. Dushman tamomila yengilib, tor-mor bo‘ldi. 

1821 yil (bundan 204 yil oldin) – Xiva xoni tomonidan Do‘stimbiy va Bekijonbek Buxoriy boshchiligidagi yetti ming kishilik katta harbiy guruh Buxoro chopovuliga talon-toroj qilish uchun yuborildi. Ular Qorahoji ustidan yurib Qorako‘lni chopmoq (talamoq) uchun Qandahor qumiga kiradilar.

1923 yil (bundan 102 yil oldin) – Rossiyaning tazyiqi bilan Kobuldagi Buxoro elchixonasi tugatilib, endilikda Buxoro Respublikasining Afg‘onistondagi manfaatlarini SSSR vakili “himoya” qiladigan bo‘ldi.

1982 yil (bundan 43 yil oldin) – O‘zbekiston Xalq artisti, Xalqaro Javoharlal Neru va Jamol Abdul Nosir mukofotlari laureati Muxtor Ashrafiy uy muzeyi ochildi. Muzey Ashrafiyning 1969–1975 yillarda yashagan uyida joylashgan bo‘lib, unda Ashrafiyning 30 yil davomidagi kompozitorlik, dirijyorlik ishlari, pedagogik faoliyatini aks ettiradigan ekspozitsiyalar o‘rin olgan. Tarixchi Bahrom Irzayevning qayd etishicha, san’at arbobiga tegishli kitoblar, uning qo‘lyozmalari, asarlari, xonadon buyumlari tashrif buyuruvchilarda Ashrafiyning hayot faoliyati haqida keng ma’lumot beradi. 

1989 yil (bundan 36 yil oldin) – uzoq muhokamalar, turli takliflardan so‘ng Davlat tili to‘g‘risidagi qonunning loyihasi matbuotda e’lon qilindi. Mazkur qonun e’lon qilingan kundan boshlab ikki oy muhokama etilishi belgilab qo‘yildi. 

2008 yil (bundan 17 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent davlat texnika universitetida kadrlar tayyorlash tarkibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Unga asosan, Toshkent davlat aviatsiya instituti tugatilib, uning negizida Toshkent davlat texnika universitetining Aviatsiya fakulteti tashkil etildi.

2014 yil (bundan 11 yil oldin) – qurilish sohasida lizing xizmatlarini yanada rivojlantirish, zamonaviy qurilish texnikasi, mashina va mexanizmlar, kichik mexanizatsiya vositalari va maxsus transport bilan jihozlash asosida qurilish tashkilotlari texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Respublika ixtisoslashtirilgan “Qurilishmashlizing” kompaniyasi tashkil etildi.

2019 yil (bundan 6 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida zamonaviy urug‘chilik klasterlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Amir Temur yangi harbiy usul – qo‘shinni “yetti qo‘l”ga bo‘lish tartibini ilk bor qaysi jangda qo‘llagan?