Hindiston Hind suvi to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq Pokiston nazoratidagi uchta g‘arbiy daryo ortiqcha oqimini o‘zining uch shtati – Panjob, Haryana va Rajastonga yo‘naltirish maqsadida 113 kilometrlik kanal qurilishi uchun texnik-iqtisodiy asos tayyorlamoqda. Bu haqda NDTV tegishli manbalarga tayanib xabar tarqatdi.

Hindiston hozir ushbu uch daryoga keladigan suvning juda oz qismini ishlatadi, chunki bu oqimning tabiiy yo‘nalishi Hindistonga deyarli foyda keltirmaydigan trayektoriya bo‘yicha oqadi. Rejaga ko‘ra, ortiqcha suvni yo‘naltirish uchun yangi kanallar qurilishi kerak. Ushbu rejaning dastlabki bosqichida Chinob daryosi Ravi, Bis va Sutlej daryolari bilan bog‘lanadi. Ish yaqin uch yilda yakunlanishi kutilyapti.

Ma’lumki, Hind suvi shartnomasi ikki qo‘shni davlatga tegishli suv resursi taqsimotini tartibga soladi. 1960 yil imzolangan ushbu hujjat Hindistonning sharqiy, Pokistonning esa g‘arbiy daryolar – Hind, Jelum va Chinob ustidan nazoratini ta’minlaydi.

Kelishuvga ko‘ra, Hindiston ba’zi istisnolardan tashqari g‘arbiy daryolar Pokiston tomon oqishiga ruxsat berishi kerak. G‘arbiy daryolar Hind havzasi umumiy oqimining 80 foizidan ortig‘i – 117 milliard kub/metrni tashkil qiladi.

O‘z navbatida Pokiston Hind daryosini burishga urinish javobsiz qolmasligini ta’kidlab kelmoqda.

– Ayni maqsaddagi har qanday amaliyot urush ochish, deya qabul qilinadi, – deyilgan “Dawn” nashrida e’lon qilingan mamlakat Milliy xavfsizlik qo‘mitasi bayonotida. – Pokistonga tegishli oqimni to‘xtatish yoki burish, quyi sohil bo‘yi davlatlari huquqini suiste’mol qilish urush harakati sifatida baholanadi. Bunday holatda Hindiston bilan oldi-sotdi, jumladan Pokiston orqali har qanday uchinchi davlatga va undan har qanday savdo darhol to‘xtatiladi. Pokiston havo hududi Hindistonga tegishli yoki ushbu davlat tomonidan boshqariladigan barcha aviakompaniyalar uchun yopiladi. Shuningdek, Janubiy Osiyo mintaqaviy hamkorlik assotsiatsiyasi (SAARC) vizasidan ham voz kechilishi mumkin.

22 aprel kuni Hindistonning Jammu va Kashmir mintaqasidagi Pahalgam shahri yaqinida xudkushlik hujumi sodir etildi. Natijada 25 hindistonlik va bir Nepal fuqarosi halok bo‘ldi. Hindiston hujum ortida Pokiston razvedkasi (ISI) turgani haqida dalillar borligini ta’kidlab kelmoqda. Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif Kashmirdagi hujumga Islomiy respublikaning aloqadorligi haqidagi ayblovni rad etdi. Xullas, bu voqea shunday ham munosabatlari yaxshilanmayotgan qo‘shnilar ziddiyatini yanada keskinlashtirdi. Hatto, tomonlar o‘zaro raketa hujumlarini ham amalga oshirdi.

S.Rahimov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hindiston Pokistonga oqayotgan daryolarni burish uchun kanal qurmoqchi