Tahlil va taxmin
Joriy yilning may oyidan boshlab o‘zbek so‘miga nisbatan AQSH dollari sezilarli darajada qadrsizlandi. Keng jamoatchilik, iqtisodchi olimlar, siyosatchilar va tahlilchilar turli fikrlar
bildirishmoqda. Bu omil O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun yaxshimi yoki yomon? Dollarning qadrsizlanishi eksport va import operatsiyalariga qanday ta’sir etadi? Rossiyada AQSH valyutasining tushib ketishi O‘zbekiston bozoriga ta’siri bo‘ladimi? -kabi savollarga javob topish uchun iqtisodchi olim, O‘zbekiston Milliy universiteti professori, iqtisodiyot fanlari doktori Abdurahim Vahobovga yuzlandik.
- O‘zbek so‘mining qadri oshishi iqtisodiyotimiz uchun yaxshimi yoki yomon?
- O‘zbek so‘mining qadri oshishi bu bir tomondan milliy valyutamiz xarid qobiliyatini oshiradi. Lekin, shu bilan bir qatorda uni qadrini oshishi eksport salohiyatimizga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Nima uchun? Chunki, biz iqtisodchilarda shunday qonuniyat bor. Ayniqsa, tashqi savdo sohasida. Milliy valyutaning past almashinuv kursi bo‘lsa -bu mamlakat eksportini qo‘llab-quvvatlaydi. Agar milliy valyutamizning qadri oshsa
- bu eksport salohiyatimizga salbiy, lekin importga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. So‘mning devalvatsiya kursining pasayib borishi - bu normal holat hisoblanadi. O‘tgan yili so‘m 4.1 % devalvatsiya bo‘ldi. Ya’ni, qadrsizlandi bizda. Bu yil uning teskari jarayoni bo‘ldi.
Bu asosan qo‘yidagi omillarga bog‘liq:
1. Bizni iqtisodiyotimizga kirib kelayotgan xorijiy investitsiyalar ko‘paydi. Xorijiy investitsiyalar ko‘payishi birinchi navbatda muqobil energetikaga kirib kelayotgan investitsiyalar bilan ko‘p jihatdan bog‘liq.
2. Pul o‘tkazish masalasi. Pul o‘tkazmalari bu yil o‘tgan yilga nisbatan yuqori bo‘ldi. Birinchi kvartalda O‘zbekistonga 3.5 mlrd dollarlik pul o‘tkazmalari keldi. O‘tgan yili birinchi kvartalda 2.8 mlrd edi. 2024 yil davomida O‘zbekistonga jami pul o‘kazmalari 14.8 mlrd dollarni tashkil qildi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/M9km_b16wwU" title="AQSH dollarining qadrsizlanishi qachongacha davom etadi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Sanjar Toshpo‘latov,
Abror Sodiqov, Ulug‘bek To‘xtayev (video),O‘zA