“Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti” davlat muassasasi yurtimizda yer osti suvlari, tuproq qatlamlari va tog‘ jinslarining geologik xususiyatlarini o‘rganish, tahlil qilish hamda ular asosida qurilish va qidiruv ishlari uchun ilmiy va amaliy asos yaratish bilan shug‘ullanadigan yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalaridan hisoblanadi.

Institut mutaxassislari tomonidan mamlakatning turli hududlarida, jumladan, Qizilqum mintaqasida ham muntazam ravishda muhandis-geologik tadqiqotlar olib borilmoqda.  

Yaqinda Navoiy viloyatida joylashgan Qizilqum markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi ob’ektlarida institut mutaxassislari tomonidan kompleks geotexnik ishlar amalga oshirildi.  

Tadqiqotlar doirasida burg‘ilash ishlari olib borilib, geologik quduqlardan olingan kern namunalari maxsus dalalar jurnallari asosida belgilangan me’yorlar bo‘yicha hujjatlashtirildi. Joydagi amaliyot davomida yer osti qatlamlarining holati, strukturasi va geomexanik xususiyatlari aniq kuzatuvlar asosida baholandi. 

Keyinchalik ushbu namunalar “Gruntlar va tog‘ jinslarining fizik-mexanik xususiyatlarini tahlil qilish” laboratoriyasiga yuborildi. Bunda ularning zichlik, mustahkamlik, namlikni saqlash qobiliyati, siqilish, shishish kabi muhim ko‘rsatkichlari aniqlanadi. Bu ma’lumotlar qurilish ishlarini loyihalash va geotexnik xulosalar tayyorlashda asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi.  

Ta’kidlash kerakki, shu kabi tadqiqotlar mamlakatimizda qurilish sohasini geologiya-geotexnika ma’lumotlari bilan ta’minlash, yer osti xavflarini oldindan baholash, tabiiy xatarlar xavfini kamaytirish va barqaror infratuzilma yaratishda muhim o‘rin tutadi.  

“Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti” mutaxassislari ushbu jarayonlarda ilmiy yondashuv va ko‘p yillik amaliy tajriba asosida yuqori samaraga erishyapti. Ularning ishlari nafaqat hududlarning geologik salohiyatini aniqlash, balki yer resurslaridan oqilona foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilishga ham xizmat qilmoqda. 

Nasiba Ziyodullayeva,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ilmiy muassasa mutaxassislari kompleks geotexnik tadbirlarni amalga oshirdi