Ma’lumki, Konstitutsiyamizning 55-moddasiga muvofiq, har kimga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlarining hamda boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari va harakatsizligi ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlangan. Har kim davlat organlarining yoxud ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari yoki harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning o‘rni davlat tomonidan qoplanishi huquqiga ega.

Bugungi kunda davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari va xizmatchilarining qonunga xilof deb topilgan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) natijasida jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan va sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan aniqlangan zararlar va ma’naviy ziyonlarni qoplashni tartibga solish yagona qonun hujjati bilan tartibga solinmagan.

Shu maqsadda davlat organi yoki uning mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarori yoki harakati yoxud harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqildi. Ushbu loyiha Qonunchilik palatasi majlisida birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

[gallery-23935]

Adliya vaziri o‘rinbosari Alisher Karimovning qayd etishicha, mazkur qonun loyihasi bilan yetkazilgan zararning o‘rnini kompensatsiya qilish, hududiy kompensatsiya jamg‘armasi hisobidan qoplab berilgan mablag‘larni keyinchalik aybdor deb topilgan davlat organining mansabdor shaxsidan to‘liq miqdorda regress tartibida undirib olish, hududiy kompensatsiya jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish tartibi belgilanmoqda.

Ushbu hujjat fuqarolarning davlat organlarining yoxud ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari yoki harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning o‘rni davlat tomonidan qoplanishi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlashga hamda aybdor mansabdor shaxslarni belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga qaratilgan.  

Loyihani tayyorlashda bir qator xorijiy davlatlarning tajribasi o‘rganilgani aytib o‘tildi. Qonun loyihasi xalq manfaatlariga xizmat qilishi, fuqarolar huquqlari himoyasiga xizmat qilishi ta’kidlandi.  

Savol-javoblardan so‘ng qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Muhtarama Komilova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zarar o‘rnini kompensatsiya qilish tartibi belgilanmoqda