Toshkent xalqaro investitsiya forumi mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun jahon bozoriga chiqishda yirik muloqot, tanishuv, hamkorlik va kelishuvlar maydoni vazifasini o‘tamoqda. Bu yilgi hisob bo‘yicha to‘rtinchi forum juda keng ko‘lamda o‘tkazildi. Unda xalqaro hamjamiyat e’tiboriga energetika, infratuzilma, qishloq xo‘jaligi, foydali qazilmalarni qazib olish, raqamli texnologiyalar va boshqa strategik muhim sohalarga oid umumiy qiymati 30 milliard dollardan ortiq bo‘lgan investitsion loyihalar taqdim etildi.

Gap shundaki, xorijiy investitsiyani jalb etish va samarali boshqarish har qanday davlat uchun iqtisodiy o‘sishning asosiy drayverlaridan biridir. O‘zbekiston ayni yo‘nalishda so‘nggi yillarda keskin ildamladi. Xususan, sarmoyaviy muhitni yaxshilash, qonunchilikni liberallashtirish va barcha yo‘nalishlarda islohotlarni amalga oshirish orqali mamlakat mintaqa yetakchisiga aylanmoqda. Shu nuqtai nazardan to‘rtinchi bor o‘tkazilgan Toshkent xalqaro investitsiya forumi mintaqa miqyosidagi eng nufuzli tadbirlardan biriga aylangan. Mazkur anjuman O‘zbekiston qanday investitsiya imkoniyatini taklif etayotgani, qaysi sohalarga e’tibor qaratayotgani va jahon biznes hamjamiyati bu jarayonga iliq munosabat bildirayotganini yaqqol ko‘rsatadigan maydon hisoblanadi. 

IV Toshkent xalqaro investitsiya forumi haqli ravishda nafaqat Markaziy Osiyo, balki tashqarida ham investitsiyaviy va iqtisodiy hamkorlik istiqbolini muhokama qilish uchun asosiy maydonga aylandi. Bu galgi tadbirning ahamiyati, ayniqsa, yuqori. Zero, O‘zbekiston Markaziy Osiyoning o‘ta jadal rivojlanayotgan iqtisodiyoti sifatidagi mavqeini ishonch bilan mustahkamlashda davom etmoqda. Xususan, so‘nggi yillarda respublikada keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilib, biznes yuritish uchun shart-sharoit tubdan yaxshilandi, xorijiy investorlar uchun ajoyib imkoniyatlar yaratildi. Mamlakat siyosiy barqaror, puxta o‘ylangan iqtisodiy siyosat olib bormoqda, jozibador bozor, zarur resurslar, sifatli infratuzilmaga ega. 

Davlatimiz rahbari boshchiligidagi izchil siyosatning natijalari haqiqatan hayratlanarli. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2025 yil birinchi chorakda O‘zbekiston Respublikasi asosiy kapitaliga yo‘naltirilgan investitsiya hajmi 120,4 trillion so‘mni tashkil etdi. Jami 90 milliard dollardan ziyod xorijiy investitsiya jalb etildi. O‘tgan yili mamlakat iqtisodiyoti 6 foizlik o‘sishni namoyish etdi. Joriy yil 1 may holatiga ko‘ra, xorijiy investitsiya asosida ishlayotgan korxonalar soni 16 mingdan oshgan. Bu Markaziy Osiyo mintaqasi uchun g‘oyat ta’sirchan ko‘rsatkich.

O‘zbekistondek kuchli rivojlanayotgan mamlakat uchun investitsiyalar hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Shu maqsadda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida xorijiy investitsiya masalasiga keng o‘rin ajratilgan. Jamoatchilik muhokamasi natijasi va Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish jarayonida orttirilgan tajriba asosida ishlab chiqilgan mazkur hujjat mohiyatan mamlakatni yalpi ichki mahsuloti 200 milliard dollarga chiqadigan iqtisodiy yetakchiga aylantirish bo‘yicha puxta o‘ylangan “Yo‘l xarita”sidir. Bunday ulkan maqsadga erishishda Toshkent investitsiya forumi muhim ahamiyat kasb etadi. Anjuman davlat va biznesning samarali muloqotini ta’minlash uchun asosiy maydonga aylanmoqda, deyish mumkin.

Masalan, avvalgi, uchinchi forumda rekord – 26,6 milliard dollar qiymatdagi bitimlar imzolangan. O‘zbekiston investorlarni “yashil” energetika, mashinasozlik, logistika, sun’iy intellekt va biznesning boshqa sohalaridagi texnologik loyihalarning uzviy qismi bo‘lishga chaqiradi. IV forumning o‘ziga xos xususiyatini namoyon etadigan tarixiy birinchi investitsiya ko‘rgazmasida transmilliy va xorijiy kompaniyalar o‘z loyihalarini taqdim etadi, mahalliy biznes esa xalqaro auditoriyaga mavjud imkoniyatlarini namoyish etdi.

Mamlakatning modernizatsiya va barqaror taraqqiyot yo‘lidagi strategik hamkoriga aylanib borayotgan xalqaro moliya institutlari faoliyati alohida sahifa. Yevropa taraqqiyot va tiklanish banki (YeTTB) hisobotiga ko‘ra, 2024 yil respublika iqtisodiyoti jadal, 6,5 foiz o‘sishiga boshqa omillar qatori rekord darajadagi 27,6 foizni tashkil etgan investitsiya ham salmoqli hissa qo‘shgan. Bu xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan ustuvor tarmoqlarni rivojlantirish orqali O‘zbekistonda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash rag‘batlantirilayotganining yorqin namunasi. Umuman, mamlakatning eng yirik investorlaridan biri hisoblangan mazkur moliyaviy tuzilma 177 loyihaga 5 milliard yevrodan ortiq sarmoya kiritgan. Osiyo infratuzilmaviy investitsiya banki (OIIB) ham energetika infratuzilmasini rivojlantirishda faol ishtirok etmoqda. Asosiy tashabbuslar qatorida gaz elektr stansiyalari qurilishi, jumladan Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi ishtirokidagi 100 million dollarlik yirik loyihani qayd etish mumkin. Gaz loyihalari ko‘mir energetikasidan qayta tiklanadigan energiya manbalarining yanada ekologik yechimlariga o‘tishda muhim bosqichdir. Islom taraqqiyot banki (ITB) Markaziy Osiyoda jami 8,39 milliard dollarlik 462 loyihani moliyalashtirgan. O‘zbekiston bu borada yaqqol yetakchi: 168 loyihadan 73 tasi allaqachon yakunlangan, 95 tasi amalga oshirilmoqda. ITBning O‘zbekistondagi umumiy moliyasi 4 milliard dollarga yetdi. Bu Markaziy Osiyodagi umumiy majburiyatning qariyb yarmi. Demak, nufuzli tuzilma respublikaning yuqori investitsiya jozibadorligini e’tirof etib, iqtisodiy siyosatiga yuksak ishonch bildirib kelmoqda. 

O‘zbekiston Yevrosiyo taraqqiyot bankiga a’zo bo‘lishi ayni yo‘nalishda 2025 yilning eng muhim voqeasi sifatida baholanmoqda. Mamlakat bank kapitalidan 10 foiz ulush olib, uchinchi yirik aksiyadorga aylandi. Natijada yangi investitsiya resurslariga yo‘l ochilib, mintaqaviy hamkorlik doirasida turli infratuzilmaviy va iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish imkoniyati kengaydi. Umuman, O‘zbekiston IV Toshkent xalqaro investitsiya forumini ajoyib ko‘rsatkichlar bilan kutib oldi. Iqtisodiyot 2024 yil ishonchli o‘sish ko‘rsatkichini namoyish etdi. Mamlakat yalpi ichki mahsuloti o‘tgan yilga nisbatan 6,5 foiz ortib, qariyb 115 milliard dollarga yetdi.

TXIF mamlakatning ochiqlikka, innovatsiyaga intilishi ramziga aylanmoqda. Bu yo‘lda qiyinchiliklar ham mavjud, albatta: investorlarni huquqiy himoya qilish, infratuzilmani yanada takomillashtirish va barqaror o‘sishni qo‘llab-quvvatlash zarur. Binobarin, keng qamrovli islohot, faol xalqaro hamkorlik yurt fuqarolari farovon kelajak sari ishonch bilan borishi uchun mustahkam poydevor yaratmoqda. Bundan tashqari, nufuzli anjuman butun mintaqa global iqtisodiy zanjirning mustahkam halqasiga aylanishini ta’minlaydi. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, xalqaro huquq normalari va diplomatiya kuchi zaiflashmoqda. Eng achinarlisi, insoniyat uchun eng dolzarb muammolar – oziq-ovqat xavfsizligi, kambag‘allik, iqlim o‘zgarishlari kabi masalalarga e’tibor kamaymoqda. Shu bois xalqaro investitsiya forumida davlatimiz rahbari dunyoda tinchlik, adolat va inson qadriga bo‘lgan umumiy ishonchni tiklashga, mojarolarni faqat diplomatiya yo‘li bilan yechishga chaqirdi.  

TXIF – bu nafaqat investitsiyalarni jalb qilish, balki O‘zbekistonni xalqaro biznes hamjamiyatiga tanitish, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish va iqtisodiy islohotlarning muvaffaqiyatini namoyish etish uchun ham muhim maydondir. Forum xorijiy investorlar uchun O‘zbekiston iqtisodiyotiga sarmoya kiritish imkoniyatlarini o‘rganish, yangi loyihalarni muhokama qilish va hamkorlik aloqalarini o‘rnatish uchun qulay platforma yaratadi. Iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish nuqtai nazaridan ahamiyatlidir. Jalb etilgan investitsiyalar yangi ish o‘rinlari yaratish, infratuzilmani rivojlantirish, texnologiyalarni transfer qilish va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga xizmat qiladi. Forum xalqaro moliya institutlari, hukumatlar, biznes vakillari va ekspertlar o‘rtasidagi muloqotni kuchaytiradi, hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga yordam beradi. O‘zbekistonning tashqi maydondagi imijini yaxshilaydi. TXIF O‘zbekistonni zamonaviy, ochiq va investitsiyalar uchun qulay mamlakat sifatida taqdim etadi, bu esa xalqaro maydonda mamlakat imijini yaxshilashga xizmat qiladi.  

Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligidagi farovon O‘zbekistonni barpo etishning asosiy strategik ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalasi alohida o‘rin egallamoqdaki, bunda O‘zbekiston yetakchisining integratsiyalashgan iqtisodiy siyosati, diversifikatsiyalangan ishlab chiqarish yo‘nalishlari, davlat kafolatlari, erkin iqtisodiy zonalarning tashkil etilishi, soliq imtiyozlari va sarmoya uchun qulay muhit yaratish borasidagi qat’iy siyosati natijasida respublika Markaziy Osiyodagi eng jozibador investitsiya manzillaridan biriga aylandi. Byudjet taqchilligini kamaytirish, ichki bank sektorini rivojlantirish, davlatga qarashli korxonalarning shartli majburiyatlarini kamaytirish, xususiy sektorning faol rolini oshirish, yosh tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, texnik ta’limni kuchaytirish, oliy ta’lim va sanoat o‘rtasidagi tafovutni qisqartirish, bilimga asoslangan iqtisodiyotni yaratishda qat’iy davom etish, iqtisodiy institutlarni mustahkamlash va boshqalar Yangi O‘zbekistonda farovon jamiyat qurish maqsadlariga erishishda muhim omil hisoblanadi.

Bugun dunyoda o‘zaro ishonch yo‘qolgan bir paytda sarmoyalarni jalb qilish oson emas. Buning uchun ularga ma’qul keladigan islohotlarni o‘tkazish kerak. O‘zbekiston bu yo‘lda jiddiy qadamlar tashladi. Birinchi forumdan keyingi o‘tgan uch yil ichida mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada erkinlashtirish, biznesga keng yo‘l ochish, bu borada qonun ustuvorligi va huquqiy kafolatlarni mustahkamlash bo‘yicha tizimli islohotlar davom ettirildi. Forumdagi nutqi davomida davlatimiz rahbari investorlarning ishonchini yanada ko‘proq qozonish va islohotlar izchilligini ta’minlash yo‘lida O‘zbekiston dadil qadamlar tashlashini e’lon qildi. Eng avvalo, global ishlab chiqarish zanjirlarida har bir davlat uchun teng sharoitni ta’minlaydigan ishonchli qoidalar o‘rnatilishida Jahon savdo tashkilotining alohida o‘rni bor. Shu bois, O‘zbekiston 2026 yilda ushbu Tashkilotning a’zosiga aylanish bo‘yicha katta maqsad qo‘ygan. Buning uchun o‘nlab qonun, yuzlab standartlari xalqaro talablarga moslashtirildi va bu ishlarni shu yil to‘liq yakuniga yetkaziladi. 

Mamlakatimizda xorijiy sarmoyadorlarga yanada qulay muhit yaratish uchun mahalliy kompaniyalar bilan bir xil sharoitlarni kafolatlovchi “milliy rejim” joriy qilinadi, davlat organlari bilan munosabatga kirishishda “yagona darcha” tamoyili tatbiq etilishi belgilandi, investitsiya faoliyatini ortiqcha tekshiruvlardan kafolatli himoyalash tizimi yaratiladi. Bular orqali 2030 yilga borib, O‘zbekistonning kredit reytingini “investitsion” darajaga olib chiqish maqsad qilingan. 

Bundan tashqari, davlat kompaniyalarini xususiylashtirishda ularni yurtimiz farovonligiga xizmat qiluvchi yirik aktivlarga aylantirish ko‘zda tutilgan. Shu bois, 18 ta yirik kompaniya va banklardagi qariyb 2 milliard dollarlik davlat ulushini o‘zida birlashtirgan “Milliy investitsiya jamg‘armasi” tashkil etildi. Jamg‘arma boshqaruviga nufuzli “Franklin Templeton” kompaniyasi jalb qilindi. Kelgusi yilning o‘zida jamg‘armaning aksiyalar paketi xalqaro IPO ga chiqariladi. Shuningdek, professional konsultantlar jalb qilinib, ikki yilda 29 ta yirik davlat kompaniyasi xususiylashtiriladi. 

Transport va logistika sohasi har qanday mamlakat iqtisodiyotining qon tomiri. Shu bois, bu sohaga ham xususiy kapital faol jalb qilinmoqda. Masalan, Samarqand, Namangan, Buxoro va Urganch xalqaro aeroportlari davlat-xususiy sheriklik asosida salohiyatli investorlar boshqaruviga berildi. Urganch aeroporti boshqaruviga dunyoning yetakchi “Inchon” kompaniyasi jalb qilindi. Kelgusi yilda Nukus, Termiz, Farg‘ona, Navoiy aeroportlari bo‘yicha ham tenderlar o‘tkaziladi.  Yana bir muhim yo‘nalish – poytaxtimizda yashab, ishlayotgan aholi soni 5 milliondan oshdi. Shu bois, 2 million aholiga mo‘ljallangan “Yangi Toshkent” shahrini barpo etib, poytaxtni megapolisga aylantirish ishlari jadal olib borilyapti. Bu yerda yiliga 20 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega aeroport, temir yo‘l va avtomobil transportini qamrab olgan “multimodal xab” quriladi. Yirik savdo komplekslari va moliya markazlari qad ko‘taradi. Ushbu mega loyihani birgalikda amalga oshirish uchun investorlar, xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklar taklif qilinmoqda. Davlatimiz rahbari Markaziy Osiyodagi qo‘shnilarimiz bilan yo‘lga qo‘yilgan ochiq va do‘stona siyosat davom etilishini bayon qilib, Markaziy Osiyoda “Investitsiya va savdo uchun yaxlit hudud konsepsiyasi”ni ilgari surdi.

Bu taklif va tashabbuslardan chiqariladigan xulosa bitta. Qaysi davlat faol investitsiya siyosatini yuritgan bo‘lsa, o‘z iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga erishgan. Biz faqat investitsiyalarni faol jalb qilish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish hisobidan iqtisodiyotimizni jadal rivojlantirishga erishamiz. Iqtisodiyotdagi ijobiy natijalar esa ijtimoiy sohada to‘planib qolgan muammolarni tizimli hal etish imkonini yaratadi. Xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish uchun mamlakatimizning investitsiya salohiyatini to‘la namoyon etish choralarini ko‘rishimiz kundalik hayotimizdan joy olgan eng dolzarb masalalardan biri.

Kezi kelganda aytmoqchimanki, rivojlangan mamlakatlarda to‘plangan boy tajribalar, amalga oshirilgan islohotlar, qabul qilingan qarorlar va chora-tadbirlarning tub mohiyatini o‘rganish, yutuq va kamchiliklarini ilmiy jihatdan tanqidiy tahlil qilish milliy iqtisodiyotimizning taraqqiyoti uchun har tomonlama dastak vazifasini o‘taydi. Binobarin, xalqaro maydonda mavjud bo‘lgan boy tajribalar, zamonaviy tendensiyalar yildan yilga takomillashib, o‘zgarib bormoqda. Xususan, investitsiyalarni jalb etish, ularni eksport va import qilish, investorlarning manfaatlarini himoya qilish, investitsion faollik va raqobatbardoshlikni oshirish bilan bog‘liq masalalar shular jumlasiga kiradi.  

IV Toshkent xalqaro investitsiya forumi O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun muhim voqea bo‘lib, mamlakatning rivojlanishiga, investitsiyalarni jalb qilishga va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Forum mamlakatning iqtisodiy salohiyatini namoyish etish, investorlar bilan muloqot o‘rnatish va investitsiya muhitini yaxshilash uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi. 

Tashpo‘lat Matibayev, 

sotsiologiya fanlari doktori, professor,

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati.  

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston investitsiyaviy jozibador mamlakat