Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy Isroilning hujumlari boshlanganidan bir necha soat o‘tgach, yerosti bunkeriga tushgan. Bu haqda manbalarga tayanib Iran International xabar berdi. Manbalarga ko‘ra, Xomanaiy bo‘lgan ob’ekt Tehronning shimoli-sharqidagi Lavizan tumanida joylashgan. Oliy rahnamo bilan birga uning oila a’zolari ham boshpanada yashamoqda. Xomanaiy Isroilga qarshi oldingi operatsiyalarda — 2024 yilning aprel va oktyabr oylarida ham aynan shu bunkerda yashiringani aytilmoqda.

Ukraina harbiylari Tataristondagi Yelabuga shahridagi rus dronlari zavodiga hujum qildi. Hujum joyi Ukrainadan 1000 km uzoqlikda joylashgan. Ukraina harbiy bosh shtabi ushbu zavod mamlakat energetika va fuqarolik infratuzilmasiga qarshi dronlarni ishlab chiqargani, sinovdan o‘tkazgani va uchirganini davo qilgan.

AQSH prezidenti Donald Tramp Isroilning Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiyni o‘ldirish rejasini rad etdi. Bu haqda AQSH rasmiylariga tayanib BBC xabar berdi. Tramp Isroil bosh vaziriga suiqasd qilish “yaxshi g‘oya emasligi”ni aytgan. Prezident bu yuzasidan jamoatchilikka izoh bermagan.

Isroilning Eronga uyushtirayotgan hujumlari va uni davom ettirishga bergan va’dasi tufayli ko‘pchilik eronliklar xavfsizroq hududlarni izlab poytaxt Tehronni tark etmoqda. Tehron shimolidagi Isroil zarbalaridan jabr ko‘rgan badavlat “Saodatobod” mahallasi fuqarosi CNNga kechasi bilan portlash ovozlari eshitganini aytgan. Ularning ba’zilari shu qadar kuchli ediki, butun ko‘p qavatli uyini larzaga keltirgan.

Isroil mudofaa kuchlarining Eronga hujumlari oqibatida kamida 14 nafar yadrochi olim halok bo‘ldi. Ma’lum qilinishicha, olimlarning ba’zilari avtomobillarga qo‘yilgan bombalar tufayli portlagan. Eronning Nour News agentligi kamida olti nafar yadrochi olim halok bo‘lgani haqida xabar bergan. 

Rossiya urushda halok bo‘lgan yana 1,2 ming ukrainalikning jasadini qaytardi. Ukraina rasmiylariga ko‘ra, qaytarilgan jasadlarning umumiy soni 4,8 mingdan oshgan. Lekin o‘t ochishni to‘xtatish va 4 yildan beri davom etayotgan mojaroni to‘xtatishning iloji bo‘lmayapti.

Isroil so‘nggi 48 soat ichida AQSHdan Eronga qarshi harbiy operatsiyaga qo‘shilishni so‘radi. Ma’lum qilinishicha, Tramp ma’muriyatidan Eronning uranni boyitish dasturining asosiy elementlaridan biri bo‘lgan Fordo yerosti yadroviy inshootini yo‘q qilishda yordam so‘ralgan. Isroil murojaatining asosiy sababi texnik qiyinchiliklardir.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/E36qQNwxiK0" title="Xalqaro dayjest" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Iroda Jo‘rayeva, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro dayjest (+video)