London ko‘chalarida “O‘zbekistonga xush kelibsiz” degan yozuvli bannerlar bilan bezatilgan ikki qavatli avtobuslar paydo bo‘ldi.

Mazkur aksiya O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi tashabbusi bilan 21-22 iyun kunlari mashhur “Tower Bridge”  maydonida bo‘lib o‘tadigan “O‘zbekiston madaniyati va milliy  taomlari” festivali doirasida tashkil etilgan. 

Mazkur tadbir britaniyaliklarni O‘zbekistonning boy madaniy merosi, sayyohlik imkoniyatlari va milliy taomlari bilan tanishtirishga qaratilgan. “O‘zbekiston karvoni” nomli madaniy-gastronomik marafon hozirgacha London, Edinburg, Manchester, Liverpul, Kardiff va Oksford shaharlarida o‘tkazildi. Festival doirasida xalq hunarmandchiligiga oid taqdimotlar, folklor jamoalarining chiqishlari,  milliy taomlar degustatsiyasi (tatib ko‘rish marosimi) va O‘zbekistonning turli hududlarini aks ettiruvchi  ko‘rgazmalar tashkil etiladi. 

Bu kabi tashabbuslar madaniy diplomatiyani rivojlantirishga hamda Markaziy Osiyo tarixi va o‘ziga xos madaniyatiga qiziquvchi sayyohlarni jalb qilishga xizmat qiladi. 

Aziza Alimova tayyorladi, O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buyuk Britaniyada O‘zbekiston madaniyati va milliy taomlari festivali bo‘lib o‘tadi