Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Ushbu tizim yil yakunigacha Surxondaryoda to‘liq, qolgan hududlarda jadal rivojlantirish belgilangan 15 ta tuman va shahar – Qo‘ng‘irot, Chimboy, Asaka, G‘ijduvon, G‘allaorol, Yakkabog‘, Xatirchi, Chortoq, Bulung‘ur, Sirdaryo, Quva, Shovot, Hazorasp tumanlari, Marg‘ilon va Yangiyo‘l shaharlarida, Toshkent shahrida esa Bektemir tumanida joriy qilinadi.
Prezident Administratsiyasi va Hukumat vakillari hamda viloyat hokimlari bunga mas’ul bo‘ladi.
Prezidentimiz yangi tizimni Sirdaryo tumani misolida tushuntirib berdi.
Jumladan, kompleks rivojlantirishga mas’ul 9 ta vazirlikning tuman bo‘limi hokimlik tizimiga o‘tadi. Bular – iqtisodiyot va moliya, investitsiya, qishloq xo‘jaligi, bandlik, qurilish, ekologiya, madaniyat, oila va xotin-qizlar, yoshlar bo‘limlari.
Tuman hokimi hokimlik va ushbu 9 ta idoradagi shtatlarni o‘zi taqsimlab, qaysi bo‘limda nechta odam ishlashini, ishga olish-bo‘shatishni o‘zi hal qiladi.
O‘zA