Surxondaryo viloyatidagi Ko‘hitang tog‘ tizmasi yonbag‘rida dengiz sathidan 1 ming 200 metr balandlikda joylashgan “Xo‘jaikon” tuz g‘ori ham tabiatning bir mo‘’jizasi. Uzunligi 200 metr bo‘lgan g‘or devorlari 1-3 santimetrgacha tuz qatlami bilan qoplangan. Shifobaxsh bu maskanda yozning chillasida ham havo harorati 14-20 darajagacha iliq bo‘ladi. Uning ichki uzun yo‘lakchasida tuz eritmali shifobaxsh suvlari bor.

Noyob g‘or ichkarisiga kirsangiz tabiiy tuzlardan hosil bo‘lgan nafis san’at galereyasiga duch kelgandek bo‘lasiz. Harorati, namligi, bosimi va mikroiqlimi bir-biridan farq qiladigan keng, shinam xonalarda o‘z dardiga shifo topayotgan insonlarning iliq fikrlarini eshitib, hayratlanasiz. 

Mutaxassislarning aytishicha, o‘ttiz besh yildan buyon turli bemorlar dardiga malham bo‘layotgan g‘ordagi muhit yuqori nafas olish a’zolari, jumladan, yurak qon tomir tizimi kasalliklarining 1-2 bosqichlari va endokrin tizimi kassaliklariga shifo bo‘ladi. Zob-bo‘qoq kasalliklaridan aziyat chekadigan insonlarga yordam beradi. Qon bosimini me’yorlashtirib, bronxit, astma, yosh bolalarda surunkali laringit, katta va kichik yoshdagi rinit, polinoz, zotiljam, pnevmoniya, o‘pkaning shamollashi, asab sistemasi kasalliklarini samarali davolaydi. Sho‘r suvi stomatit, laringit, rinit, polinoz, allergik dermatit, parodontoz, teri kassaliklarini davolashga ko‘maklashadi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, yilning bahor, yoz va kuz fasllarida tibbiy turizm ixlosmandlari bilan gavjum bo‘ladigan noyob g‘or ayni paytda “Termiz” davlat muzey-qo‘riqxonasi tarkibida xizmat ko‘rsatmoqda.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/qFBQ1QT65Do?si=mwszjlCpGeM4bHhy" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Xolmo‘min Mamatrayimov,

O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shifobaxsh “Xo‘jaikon” tuz g‘origa sayohat (+video)