Rossiyada konkur yo‘nalishi bo‘yicha "Vivat, Rossiya!” nomli ot sporti klubida o‘tkazilayotgan xalqaro turnirda o‘zbek chavandozlari shohsupaga ko‘tarildi.
Musobaqaning murakkabligi bilan ajralib turadigan 2 metr balandlikdagi 6 to‘siqli yo‘nalishda Alisher Erkinov "Kondor" laqabli otida oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, "Etos" nomli tulporida shohsupaning ikkinchi pog‘onasidan joy oldi.

Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, A.Erkinov bundan avval mazkur turnirning balandligi 145 sm. bo‘lgan to‘siqlardan ot sakratishda bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.
Shuningdek, yana bir tajribali chavandozimiz Bekzod Qurbonov "Matts VG" laqabli otida to‘siq balandligi 140 sm. bo‘lgan bahslarda bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA