O‘zbek xalqi ming yillar davomida shakllanib, sayqallanib kelayotgan boy madaniyatga ega. Madaniyat o‘zida moddiy va ma’naviy boyliklarni mujassam etadi.

Moddiy madaniyat  inson hayot faoliyatining barcha jabhalarini qamrab olgan holda, uning qobiliyatlari va ijodkorligining natijasi sifatida inson tomonidan yaratilgan moddiy ne’matlarni o‘zida namoyon etadi.

Ma’naviy madaniyat esa bilim, estetik qadriyatlar, xulq-atvor normalari, dunyoqarash, axloq, diniy e’tiqodimiz, an’analarimizni qamrab oladi. Moddiy va ma’naviy madaniyatning bir ko‘rinishi sifatida  milliy  liboslar shu qadar ko‘p qirrali va noyob hodisa bo‘lib,  u xalqning etnik tarixi va madaniyatini, o‘ziga xos estetik qarashlari, didi va an’analarini o‘zida aks ettiradi. Til madaniyati, xalq og‘zaki ijodi, an’ana va urf-odatlar bilan birga milliy liboslar ma’lum bir millatning  muayyan hayot tarzi haqida  e’tiborli ma’lumotlar  beradi.

Bugungi lavhamizda O‘zbek milliy, an’anaviy liboslarining yaratilish tarixi, matolardagi suratlar, yillar davomida shakllanishi haqida Tarix instituti Etnologiya va antropologiya markazi boshlig‘i Adham Sherov batafsil ma’lumot beradi.

<iframe width="791" height="445" src="https://www.youtube.com/embed/uNPH2YolDr4" title="Milliy kiyimlarimizda qadriyatlar mujassam" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Turdaliyeva, A.Ahmedov (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milliy kiyimlarimizda qadriyatlar mujassam (+video)