Italiyaning Verona shahridagi "Palazzo Maffei" ko‘rgazmasiga kelgan ikki nafar sayyoh suratga tushayotib, Svarovski kristalidan yasalgan stulni sindirib yubordi, deyilgan muzey ma’muriyati tarqatgan xabarda.

— Qo‘riqchilar ketishini kutib turgan bir juft turist esdalik uchun foto olmoqchi bo‘lgan, — deyilali xabarda. — Natija esa... Mas’uliyatsiz harakat Nikola Bolli ijodiga mansub, yuzlab Svarovskiy toshlaridan o‘ta nozik ta’b bilan ishlangan “Van Gog” kursisiga jiddiy zarar yetkazdi. Bir necha kun noyob eksponatni tiklay olamizmi yoki yo‘qmi, deya bosh qotirdik va nihoyat tuzatdik.

Kuzatuv kamerasi tasvirida bir erkak stulga o‘tirgani, hamrohi esa uni telefoniga muhrlamoqchi bo‘lgani aks etgan. Odam og‘irligiga dosh berolmay, o‘rindiqning oyoqlari bo‘shashib ketgan. Shundan so‘ng qoidabuzar juftlik imi-jimida zalni tark etishga shoshilgan.

S.Rahimov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Italiyada ikki sayyoh kristall stulni sindirib qo‘ydi