Prezident Donald Tramp ma’muriyati fuqarolari AQSHga kirishi taqiqlangan mamlakatlar ro‘yxatiga yana 36 davlatni qo‘shish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deya xabar tarqatdi “Washington Post” Davlat departamenti ichki yozishmalariga tayanib.

Bundan o‘n kun avval, aniqrog‘i 4 iyun kuni Amerika yetakchisi 12 davlat, jumladan Afg‘oniston, Chad, Kongo, Ekvator Gvineyasi, Gaiti, Somali va Eron fuqarolari uchun "sehrli diyor" eshigini butunlay yopgan" edi. Bundan tashqari, yetti mamlakat, jumladan Turkmaniston, Kuba va Venesuela fuqarolari Qo‘shma Shtatlarga borishini cheklovchi farmon ham imzolangan.

- Tramp ma’muriyati oy boshida e’lon qilingan safar taqiqi ro‘y’atini sezilarli darajada kengaytirmoqchi, - deyilgan nashr axborotida.

Ta’kidlanishicha, AQSH vizasi berilishi to‘xtatiladigan yurtlar safiga Afrikaning 25 davlati, jumladan Misr va Jibuti, shuningdek Markaziy Osiyo, Karib dengizi va Tinch okeani orollaridagi qator davlatlar kiritilgan. Mazkur ichki memorandum Davlat departamenti kotibi Marko Rubio tomonidan imzolangani va shanba kuni barcha tegishli diplomatlarga yuborilgani qo‘shimcha qilingan.

Xullas, yangi qora ro‘yxatda Angola, Antigua va Barbuda, Benin, Butan, Burkina-Faso, Kabo-Verde, Kamboja, Kamerun, Kot-d'Ivuar, Kongo Demokratik Respublikasi, Jibuti, Dominikan, Efiopiya, Misr, Gabon, Gambiya, Gana, Qirg‘iziston, Liberiya, Malavi, Mavritaniya, Niger, Nigeriya, Sent-Kits va Nevis, Sent-Lyusiya, San-Tome va Prinsipi, Senegal, Janubiy Sudan, Suriya, Tanzaniya, Tonga, Tuvalu, Uganda, Vanuatu, Zambiya va Zimbabve qayd etilgan.

S.Rahimov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH yana 36 davlat fuqarolari uchun vizani cheklashi mumkin