Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi 12-turining navbatdagi kunida “Bunyodkor” – “Paxtakor”, OKMK – “Sho‘rtan” va “Qizilqum” – “So‘g‘diyona” klublari o‘zaro raqobatlashdi.

Mazkur bahslarning Toshkent derbisi deya nom olgan “Bunyodkor” – “Paxtakor” uchrashuvi 1:1 hisobida o‘z yakuniga yetdi. O‘yindagi gollarga  Temurxo‘ja Abduxoliqov (“Bunyodkor”) va Igor Sergeyev (“Paxtakor”) mualliflik qildi. Shuningdek, OKMK – “Sho‘rtan” va “Qizilqum” – “So‘g‘diyona” o‘yinida hisob ochilmadi.

Bugun, 15 iyun “Xorazm” – “Dinamo”,  “Nasaf” – “Navbahor” va “Surxon” – “Neftchi” uchrashuviga guvoh bo‘lamiz.

Shu o‘rinda turning markaziy o‘yini deya e’tirof etilayotgan “Nasaf” – “Navbahor” klublarining o‘zaro o‘yinlariga oid ayrim faktlarni e’tiboringizga havola etishni lozim topdik.

Jamoalar shu kungacha milliy chempionatlarimiz tarixida o‘zaro 56 marta ro‘baro‘ kelgan. Unda “Nasaf” 25 ta o‘yinda g‘alaba qozongan bo‘lsa, 14 ta uchrashuv “Navbahor” foydasiga hal bo‘lgan. Qolgan  17 ta bahsda kuchlar teng kelgan. To‘plar nisbati – 84/69, “Nasaf” foydasiga. O‘zaro uchrashuvlarda “Nasaf” 92,  “Navbahor” esa 59 ochkoni qo‘lga kiritgan.  

Eslatib o‘tamiz, “Nasaf” – “Navbahor” uchrashuvi  Qarshidagi “Markaziy” stadionida soat 20:00 da boshlanadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent derbisi durang bilan yakunlandi